Kirib kelgan Mavlid oyi munosabati bilan Checheniston Davlat universitetida fakultetlararo islomiy musobaqa tashkil qilindi. Bu haqda muslimaat.uz nashri xabar berdi.
Musobaqada jami 10 ta fakultetdan 4 tadan ishtirokchi qatnashib, talabalarning Qur’onga va Payg‘ambar alayhissalomning siyratlariga doir, sahobalar hayoti hamda hadislarga oid bilimlari sinab ko‘rildi.
Natijada Tibbiyot instituti talabalari boshqa fakultetlar talabalaridan g‘olib kelib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan.
Quvonarlisi, mazkur Tibbiyot instituti jamoasini yurtimizdan borgan o‘zbek talabalari tashkil qiladi. Ta’kidlash joizki, o‘zbekistonlik 1-kurs talabasi Odil Rahimov Doniyor o‘g‘li 1-o‘rinni oldi. Barcha g‘oliblar faxriy yorliq hamda Mus'haf bilan mukofotlanishgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
Agar u pirit (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!
Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:
وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا
"Ular: “Biz suyaklarga va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).
Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.
Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?
Homidjon domla ISHMATBЕKOV