O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va milliy qonunchilikda kafolatlangan vijdon va e’tiqod erkinligi barcha fuqarolarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur sharoitlarni yaratdi. O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri – bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqaroviy o‘zaro ahillikni mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdir.
Shunga asosan, har yili 16 noyabrda Xalqaro bag‘rikenglik kunini nishonlash an’anaga aylangan. Toshkent islom instituti jamoasi ham ushbu ana’nani davom ettirgan holda, joriy yilning 12 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi majlislar zalida “16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudiri S.Sherxonov, O‘MI yetakchi mutaxassisi K.Burhonov, Toshkent islom instituti rektori U.G‘afurovlar ishtirok etdilar.
Tadbirni Toshkent islom instituti rektori U.G‘afurov olib borib, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti hamkorligida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar institut professor-o‘qituvchi va talabalarining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng tadbirning yuqori saviyada va mazmunli o‘tishi uchun so‘zni respublikamizda vijdon erkinligi huquqini ta’minlash va diniy bag‘rikenglik tamoyillarini targ‘ib etishda nafaqat mamlakatimizda, balki, dunyo miqyosida yuksak malakali va katta tajribaga ega bo‘lgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, huquqshunoslik fanlari doktori, akademik Akmal Saidovga berdi.
Tadbirda akademik A.Saidov o‘zining “O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik: yangi davr odimlari va xalqaro e’tirof” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston zamini islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Xalqimizning boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, jahon afkor ommasiga keng tanishtirish, eng muhimi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida keyingi davrda mamlakat Prezidenti bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.
"Ushbu tashabbuslarning zamirida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori mujassam. Shu negizda mamlakatimizda muqaddas dinimizni, buyuk ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish, tarixiy obidalarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilmoqda", – deydi akademik Akmal Saidov.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” nomli maxsus rezolyutsiyani qabul qilish to‘g‘risidagi tashabbus keng jamoatchilik tomonidan ijobiy baholanganini alohida qayd etish darkor. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadlaridan biri bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ularni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikka yordam berish hisoblanadi.
Akademik A.Saidov o‘z ma’ruzasida xalqaro maydonda O‘zbekistonning din va e’tiqod erkinligi, bag‘rikenglik va o‘zaro hamjihatlik, ma’rifat va barqarorlik, tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarining samaralari e’tirof etilgani, shubhasiz, bu borada bizga yanada katta rag‘bat bag‘ishlashini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan mavzuga oid savollar berilib, A.Saidovdan mazmunli javoblar oldilar. Suhbat so‘ngida, institut rektori mazmunli suhbat uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Toshkent islom instituti jamoasi nomidan akademik A.Saidovning 60 yoshi bilan chin ko‘ngildan va samimiy muborakbod etib, estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Toshkent islom instituti Ma’naviyat, ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Alloh taolo aytadi: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va’daga xilof qilmas» (Ra’d surasi, 31 - oyat).
Sharh: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar...».
Ya’ni, Allohning va’dasi - qiyomat kelguncha ularning es-hushini joyiga keltiruvchi musibatlar boshlariga tushib turadi. Bu musibatlar ularning qilgan ishlari tufayli tushadi.
«...yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar».
Yoki o‘sha mazkur es-hushni joyiga keltiruvchi musibatlar dunyoning boshqa joylariga tushadi. O‘sha kofir va osiy bandalar yashayotgan diyorlarga yaqin joylarga tushadi. Toki ular o‘sha musibatlarni ko‘rib, va’z-nasihat olib, o‘zlariga kelsinlar va iymon keltirsinlar.
«Tafsiri Hilol» kitobidan