Kuni kecha, «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan “Muruvvat karvoni” nomli xayriya tadbiri Buxoro viloyatida o‘tkazildi. Yuk avtomashinasiga ortilgan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va diniy-ma’rifiy kitoblar ushbu viloyatga yetib bordi. Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasi, Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti mutasaddilari va Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Elov Jobir bilan birgalikda Buxoro shaxridagi “Muruvvat karvoni” nomli xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda 100 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari, 15 nafar nogironligi bor shaxslarga aravachalar taqdim qilindi. Shuningdek, o‘z xizmat vazifalarini samarali bajarib kelayotgan 103 nafar imom-xatibga diniy-ma’rifiy mazmundagi kitoblar tuhfa etildi.
Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasi va Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtining 245 nafar talabalariga diniy-ma’rifiy mazmundagi kitoblar va issiq kiyimlar tarqatildi. Shuningdek, Buxoro shahridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 nafar fuqaroning uy-joyini ta’mirlab berish rejalashtirildi.
“Muruvvat karvoni” boshqa viloyatlar bo‘ylab xayriya ishlarini davom ettiradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
F.Abduxoliqov mamlakatimiz nomidan JMLning islom olamidagi sa’y-harakati, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini e’tirof etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida o‘tkazilgan Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan birinchi xalqaro tadbirda Bosh kotib musulmon xalqlari vakili sifatida qilgan ma’ruzasini yuqori baholadi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA