Sayt test holatida ishlamoqda!
05 May, 2025   |   7 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:45
Quyosh
05:15
Peshin
12:25
Asr
17:19
Shom
19:28
Xufton
20:52
Bismillah
05 May, 2025, 7 Zulqa`da, 1446

O'zbekistonlik ziyoratchilarning haj safari har jihatdan muvaffaqiyatli o'tgani Saudiya OAV diqqat markazida

13.07.2023   1012   3 min.
O'zbekistonlik ziyoratchilarning haj safari har jihatdan muvaffaqiyatli o'tgani Saudiya OAV diqqat markazida

Kecha Saudiya Arabistonining “Swift News” elektron nashri sahifasida “O'zbekiston Respublikasi Din ishlari qo'mitasi raisi bu yilgi haj mavsumi muvaffaqiyatli o'tganini yuqori baholadi” sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb  xabar  bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Unda 2023 yilgi haj mavsumi har jihatdan muvaffaqiyatli o'tgani, buni joriy yil haj ibodati umidida Madina va Makka shaharlarini ziyorat qilgan musulmon dunyosining bir million sakkiz yuz mingdan ziyod vakillari qatori o'zbekistonlik ziyoratchilar ham alohida e'tirof etishgani ta'kidlangan. 

Maqolada Saudiya Arabistoni podshohligida amalga oshirilayotgan mazkur islohotlarga hamohang ravishda O'zbekistonda ham so'nggi yillarda haj safari bilan bog'liq tashkiliy va xizmat ko'rsatish borasidagi ishlar tubdan takomillashtirilayotgani qayd etilgan. “Jumladan, ilgari bir necha yillar mobaynida haj kvotasi 5200 nafar bo'lgan bo'lsa, 2019 yilga kelib, bu ko'rsatkich 7200 nafarga etdi, 2022 yilda esa 12000 nafarni tashkil etdi. Joriy yilda esa bu ko'rsatkich 15 ming nafardan oshdi. Albatta, kelgusida bundan ham ko'p o'zbekistonliklarni muqaddas haj ziyoratiga jo'natish ustida ishlar olib borilmoqda”, deb yozadi “Swift News”.

Maqolada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan respublikaning mavjud 14 hududida haj markazlari tashkil qilinishi va 2030 yilga qadar hajga boradigan fuqarolar soni bosqichma-bosqich 24 ming nafarga etkazilishi, umra safariga boruvchi ziyoratchilar sonini belgilash bo'yicha kvota olib tashlangani natijasida o'tgan bir yil davomida 100 mingga yaqin ziyoratchi umra amallarini ado etgani ham ma'lum qilingan.

“So'nggi yillarda O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi munosabatlarning yangi davri boshlandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2022 yil avgust oyida ikki Muqaddas Masjid xodimi, Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud taklifiga binoan, davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo'lgani hamda Prezident Shavkat Mirziyoev va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud keng qamrovli sheriklik to'g'risidagi Qo'shma bayonotni imzolagani, hukumatlar va vazirliklar o'rtasida 15 ta hujjat qabul qilingani davlatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi. O'zaro munosabatlarni rivojlantirish yo'lida ko'plab istiqbolli rejalar amalga oshirilayotgani hisobga olinar ekan, O'zbekiston-Saudiya Arabistoni hamkorligi kelgusida yanada mustahkamlanib boraverishi tayin”, deb yozadi Swift News” elektron nashri.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Usmon mus'hafi ziyorati

05.05.2025   1042   2 min.
Usmon mus'hafi ziyorati

#Noyob_fotolar

• Besh respublika muftiysi Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon, diniy nazorat mas’ul kotibi Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hamrohligida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari II qurultoyi delegatlari hamda Rossiya, Shimoliy Kavkaz va Ozarbayjondan kelgan ulamolar Usmon mus'hafini ziyorat qilmoqda.

1948 yil, Toshkent

•Usmon ibn Affon roziyallohu anhu xalifaligi davrlarida milodiy 651 yili, hijriy 24 yili Qur’oni Karim kiyik terisiga bir necha nusxada yozilib, Islom olamining markaziy shaharlariga yuborildi. Mus'hafning rasmda tasvirlangan o‘sha qadimiy tabarruk nusxalaridan biri hozirgi paytda O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. 
 

• Hazrati Usmon Mus'hafining yurtimizga kelib qolishi tarixi haqida turli rivoyatlar bor. Hazrati Usmon mus'hafi dastlab Samarqandga olib kelingan. Uni Amir Temur, Qaffol Shoshiy, Hazrati Usmonning kuyovlari Said olib kelgan degan rivoyatlar mashhur. Bu haqda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy nazorati raisi o‘rinbosarlari, taniqli olimlar Shayx Ismoil Maxdum Sattiyev, Shayx Yusufxon Shokirov, shuningdek, Hamid Ziyoyev, Habibulloh Solih va boshqalarning fikrlari e’tiborga loyiq.


• Usmon mus'hafi ruslar bostirib kelgunga qadar hijriy 1285 yilgacha Samarqandda turdi.


•1869 yilning mayida Turkiston bosh gubernatori Fon Kaufman buyrug‘i bilan Samarqand shahri hokimi Serov vositachiligida yerli musulmon ulamolari roziligi bilan Mus'haf Sankt-Peterburgga jo‘natildi va 1917 yilga qadar o‘sha yerdagi kutubxonada saqlanadi. 


• Hukumatning 1923 yil 25 iyundagi qaroriga ko‘ra Usmon Mus'hafi Turkiston musulmonlariga 1924 yilda qaytarildi. 


Mus'hafi sharif birmuncha vaqt Toshkent masjidlarida saqlandi, so‘ng O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga ko‘chirildi. 1989 yil 14 mart kuni Toshkentda bo‘lgan musulmonlarning IV qurultoyida O‘zbekiston hukumati qarori bilan Mus'hafi Usmon O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy nazorati ixtiyoriga qaytarib berildi. 


• Hozirda Mus'haf Hazrati Imom majmuasining Mo‘yi muborak madrasasidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda.


• Mus'hafni mo‘tadil tabiiy iqlim sharoitida asrashga mo‘ljallangan maxsus moslama Germaniyadan keltirilgan. Har yili bu nodir Mus'hafni minglab vatandoshlarimiz va xorijiy mehmonlar ziyorat qilishadi. 

t.me/muftiylaruz

O'zbekiston yangiliklari