Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Butunjahon musulmon yoshlar forumi hay'ati Qozog'istonda poytaxt Ostonadan 533 kilometr uzoqlikda joylashgan Taraz shahrining “Yasnaya Polina” hududida yangi ta'lim va rivojlanish markazi qurilishiga tamal toshini qo'ydi.
Markaz hudud aholisiga xizmat ko'rsatib, ularning turli hayotiy ehtiyojlarini ta'minlashga xizmat qiladi, uning tarkibiga masjid va shahar yoshlariga ta'lim-tarbiya berishga hissa qo'shadigan ma'rifat maktabi va “Vaqf” xayriya fondi kiradi.
Shahar ahli eng yaqin markaz o'zidan uzoqda joylashgani, bu esa o'z xizmatlaridan mahrum bo'lishiga olib kelayotgani uchun bunday markazga katta ehtiyoj borligini ta'kidlab, Saudiya Arabistoni hukumati va xalqining ushbu maqsadli loyihalarni qo'llab-quvvatlash borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi.
Qozog'iston tomoni bunday tashabbusdan cheksiz xursandchilik izhor etib, Qodir Allohdan Podshohlikdagi osoyishtalik va farovonlik ne'matlarini yanada bardavom etishini so'radi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati