Yaponiyaning turizm sohasini yoritishga ixtisoslashgan «Tabizine» onlayn jurnalida «Sharq gavhari» deb ataladigan O'zbekiston qanday davlat?» sarlavhali maqola yapon tilida e'lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Nashrda mamlakatimiz tarixi, zamonaviy rivojlanishi va milliy o'zbek taomlari haqidagi ma'lumotlar qalamga olingan. Maqolada Samarqand, Buxoro, Hiva va Shahrisabz kabi shaharlarimizdagi tarixiy obidalarning suratlari ham joylashtirilgan.
Muallif, shunindek, «Uzbekistan Airways» AJning «Toshkent-Tokio-Toshkent» yo'nalishidagi to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovi joriy yilning 14 aprel' kunidan boshlab qayta tiklanganini ma'lum qilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Kecha, 6 may kuni Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida “Yilning eng yaxshi islom tarixi o‘qituvchisi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, viloyat bosh imom-xatibi, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov, hay’at a’zolari, ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagog-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar 4 ta shart bo‘yicha bahs olib bordi. Ularning chiqishini malakali hakamlar hay’ati baholab bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Muhammadyahyoxon Mahmudov 1-darajali diplom, “Haj” safari yo‘llanmasi va smart televizor bilan mukofotlandi.
2-o‘rin: Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Xalilulloh Yusupov, 2-darajali diplom, “Umra” safari yo‘llanmasi va smart televizor bilan taqdirlandi.
3-o‘rin: Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi Sanjar Berdiyevga 3-darajali diplom va zamonaviy muzlatgich taqdim etildi.
Tanlovning qolgan 10 nafar ishtirokchisiga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Aytish joizki, ushbu tanlov O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari o‘rtasida har yili o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati