O‘zbekistonda joriy yilning so‘nggiga qadar "Imom Iso Muhammad at Termiziy" filmi namoyish etilishi ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zbekkino milliy agentligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Agentlik mas’ulining aytishicha oxirgi ikki oyda 10 ta filmning premerasi o‘tkaziladi.
"Imom Iso Muhammad at Termiziy" filmi rejissyor Abduhalil Mingnorov tomonidan tasvirga olingan bo‘lib, rejissyorning o‘zi, Doniyor Hafizov va Abdulla Sadriddinovlar Iso at Termiziy rolida suratga tushgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Muborak Ramazon kunlarida ehtiyojmand insonlarga yordam berish, ularni xursand etish Islom dinida buyuk fazilat sanaladi. Shu munosabat bilan Farg‘ona shahrida kam ta’minlangan, yordamga muhtoj insonlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.
Mehribonlik va saxovat muhiti hukm surgan tadbirda Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ham ishtirok etib, yig‘ilganlarni muborak oy bilan tabrikladi.
Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi ekani, bu oyda mo‘min-musulmonlar ibodatlarini ziyoda qilib, mustahkam birodarlik va bag‘rikenglik bilan yashashga da’vat etilgani, muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash inson uchun ikki dunyo saodatiga eltadigan fazilat ekani ta’kidlandi.
Tadbir davomida mehmonlarga taom tortilib, duolar qilindi va xayrli amallarga targ‘ib etildi. Tadbir ishtirokchilari xayriya iftorligi tashkilotchilariga va saxovatli insonlarga o‘z minnatdorliklarini izhor qildilar. Mana shunday xayrli tadbirlar orqali yurtimizda mehr-muruvvat, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash fazilatlari yanada mustahkamlanishi qayd etildi.
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati