Ozarbayjonning ITV telekanali O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari, tarixi va madaniyati hamda tarixiy obidalari joylashgan qadimiy Toshkent, Samarqand, Xiva va Buxoro haqida haqida ko‘rsatuvlarni namoyish etdi.
Ko‘rsatuvda o‘zbek xalqi hayoti, madaniyati, san’ati, milliy kiyimlari, milliy taomlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Teleko‘rsatuv boshlovchilari islomiy qadamjolar, tarixiy yodgorliklar haqida so‘zlab, ozarbayjonliklarni O‘zbekistonga sayohat qilishga chaqirgan.
ITV (İctimai Televiziya) teleradiokompaniyasi Ozarbayjonning reytingi baland kanali hisoblanadi hamda u milliy tilda namoyish etiladi.
O‘MI Matbuot xizmati