Bugun, 30 oktyabr kuni "Eng ma’rifatli imom" musobaqasining Toshkent shahri bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa doirasida ishtirokchilar bir qancha shartlar bo‘yicha musobaqada kuch sinashishgan. Yakunda esa musobaqa g‘oliblari aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari hamda diplomlar ulashildi.
Birinchi o‘rinni Yunusobod tumanida joylashgan "Kulol qo‘rg‘on" jome masjidi imom-xatibi Yahyo Abdurahmonov;
Ikkinchi o‘rinni "Hazrati Imom" jome masjidi imom noibi Habibulloh Abdurazzoqov;
Uchinchi o‘rinni Shayxontohur tumani "Zangiota" jome masjidi imom-xatibi Ilhomjon Madvaliyev qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Shu yil 5 iyun kuni - hijriy zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni ziyoratchilarimiz Mino vodiysidan erta tongdan guruh-guruh bo‘lib zamonaviy avtobuslarda Arafot maydoniga yetib kelishdi. Ushbu muborak joyda hamyurtlarimiz uchun alohida ajratilgan joyda barcha tayyorgarliklar hozirlab qo‘yilgan.
Ishchi guruhi tomonidan ziyoratchilarimiz xotirjam ibodat qilishlari uchun keng va shinam chodirlar tayyorlangan, sovutkich va muzlatkichlar uzluksiz ishlamoqda, uch mahal issiq ovqat, shirinlik va salqin ichimliklar muntazam taqdim etilmoqda.
Alloh taolo barcha hojilarning hajlarini mabrur, elu yurt haqqiga qilgan duolarini qabul aylasin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati