Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Fevral, 2025   |   13 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:22
Peshin
12:42
Asr
16:11
Shom
17:56
Xufton
19:10
Bismillah
12 Fevral, 2025, 13 Sha`bon, 1446

“Vaqf” fondiga yangi rahbar tayinlandi

29.10.2018   3103   1 min.
“Vaqf” fondiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari lavozimiga Iskandar Xalilov tayinlandi. Fondning avvalgi rahbari Jaloliddin Hamroqulov o‘z ixtiyoriga ko‘ra, ushbu vazifadan ozod etildi.
Ma’lumot o‘rnida, Iskandar Xalilov 1995 yilda Toshkent islom institutini tamomlagan, 1995-1996 yillarda Toshkent shahri “Abul Qosim” madrasasi o‘qituvchisi, 1996-2008 yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Oltintepa” jome masjidi imom-xatibi, 2010-2018 yillarda Toshkent shahar “Ko‘kaldosh” o‘rta-maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi, 2008-2018 yillarda Toshkent shahar Bektemir tumani bosh imomi, “Alibek” jome masjidi imom-xatibi, 2017-2018 yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Masjidlarni ta’mirlash va qayta qurish bo‘limi mudiri vazifalarida faoliyat yuritgan.
Ushbu mas’uliyatli va sharafli vazifada Iskandar Xalilovga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Har bir murojaat e’tibor markazida

12.02.2025   1109   1 min.
Har bir murojaat e’tibor markazida

Shu yil 12 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladilar.


Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.


Bugungi qabul davomida Andijon, Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan kelgan har bir fuqaroning muammo va takliflari eshitilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.


Ana shunday qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida
O'zbekiston yangiliklari