Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Nishonga urilgan gaplar: “Har qancha yig‘lasang ham ota-onang oldida hech qachon yig‘lama!”

29.10.2018   3540   2 min.
Nishonga urilgan gaplar: “Har qancha yig‘lasang ham ota-onang oldida hech qachon yig‘lama!”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

***** 

  • Xursand bo‘lib turganingda va’dalar berma.
  • G‘azablanib turganingda gapirma.
  • Siqilib turganingda qaror qabul qilma.

«Tarix muxrlagan so‘zlar»

 *****

 Keladigan manfaat tugagach, ba’zilarning do‘stligi ham tugar ekan.

 *****

 Muhabbat faqat romantikadan iborat emas. Balki u hurmat, e’tibor va ishonchdan iboratdir.

 *****

 Men birovni, hatto meni xo‘rlagan do‘stlarimni ham yomon ko‘rmayman. Ularni haliyam yaxshi ko‘raman. Lekin endi ularni yana do‘stlikka qabul qilolmayman.

«Tarix muxrlagan so‘zlar»

*****

 Har qancha yig‘lasang ham ota-onang oldida hech qachon yig‘lama!

 *****

 Ayolingiz sizning har doim hamroh, suyanchiq va sokinlik manbai ekaningizni his etsin!

 *****

 Sadaqa berayotganingda, bu kishi pulimga muhtoj, demagin! Balki, Robbimning mag‘firatiga va sadaqaning savobiga men muhtojman, degin.

 *****

 Aql ziyoda bo‘lgani sari uzlat (yolg‘izlik, xoli qolish)ga mayl ortib borar ekan.

«Tarix muxrlagan so‘zlar»

 *****

 Ortingdan gapirishadi. Chunki ular chindan ham sendan orqada-da.

“Tarix muxrlagan so‘zlar”

 *****

 Ota-onaga qilinadigan yaxshiliklarning eng oliysi – g‘amlaring, muammolaring va og‘riqlaringni ularga aytmasligingdir. Chunki, ular o‘sha narsalarga sendan ko‘ra o‘n chandon ko‘proq g‘am-alam chekadilar.

“Saralangan go‘zal hikmatlar”

 *****

 Xursand kuningda sen bilan birga kulganni unutsang ham, qiyin vaziyatda sen bilan birga yig‘laganni aslo unutma.

“Qisqa nasihatlar”

 *****

 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

 Nozimjon Iminjonov

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi

10.01.2025   1264   2 min.
Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi

Shu yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Sirdaryo tumanida o‘tkazildi.


Mazkur tumandagi “Abu Bakr” masjididagi yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Sirdaryo viloyat vakilligi xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari va tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ular hududdagi 7 ta masjid va 21 ta mahallaga biriktirildi. Shuningdek, mahallalardagi “Haj – 2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.


Tadbir doirasida imom-xatiblar 105 ta oilaga, 21 ta oilaga, umumiy hisobda 126 ta oilaga kirib, targ‘ibot va amaliy yordam ishlarni olib bordi.


Xususan, 38 ta xonadonda yot g‘oyalar ta’siriga moyil bo‘lganlar bilan suhbatlashilib, ularning tushunchalari to‘g‘rilandi. 19 oila buzilishining oldi olindi. Nogironligi bor, ehtiyojmand va tabarruk yoshdagi qariyalar yashaydigan 5 ta oilaga kirib sovg‘a-salomlar ulashildi.


Shuningdek, ishchi guruh a’zolari imom-xatiblar faoliyatini o‘rgandi. Jumladan, ustav asosida ish yuritish, jamoani boshqarish, masjidni toza va ozoda saqlash, unda qulay sharoitlar hozirlash kabi jihatlar ko‘rib chiqildi. Natijada imom-xatib boshchiligidagi masjidlar jamoasining faoliyatiga ijobiy baho berildi.


Bundan tashqari, ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado qilib, qavmga “Tinchlik ne’mati”, “Shukronalik”, “O‘zaro hamjihatlik”, “Oila muqaddasligi”, “Husni xulq”, “Qo‘shnichilik odoblari”, “Mazhabga ergashish va yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish” kabi dolzarb mavzulardagi ma’ruza qilishdi. Ularda 1 300 nafardan ortiq namozxon qamrab olindi.


Tadbir so‘ngida Sirdaryo tumani imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy va masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.


Ma’lumot o‘rnida Sirdaryo viloyati imom-xatiblari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati 2025 yilning 28 yanvar kuni Xovos tumanida o‘tkazilishi reja qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi