Qatar davlatining islomiy yoshlar rivojida qo‘shgan hissasi uchun 2019 yilda Doha shahri Islom yoshlari poytaxti nomiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda gulf-times.com nashri xabar berdi.
Ushbu sharafli unvonni taqdim etish marosimi joriy yilning 24 oktyabr kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan.
Islom Hamkorlik Tashkiloti qoshidagi Muloqot va Hamkorlik uchun Islom yoshlari forumi ushbu mukofotga Doha shahrini loyiq deb topgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Ibn Qoyyim rahimahulloh: “Juma kunida sadaqa berishning haftaning boshqa kunlariga nisbatan fazli, Ramazon oyida sadaqa berishning boshqa oylarda sadaqa berishga nisbatan fazli kabidir”, dedi.
Juda oz bo‘lsa ham, kuniga sadaqa qilishni odat qil. Chunki sadaqa:
• Allohning g‘azabini o‘chiradi;
• kasallikka davo bo‘ladi;
• mol-mulkingni poklaydi;
• Qiyomat kuni soya bo‘ladi;
• inson vafotidan keyin ham ajr-savobni ko‘paytirib turadi.