Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2025   |   12 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2025, 12 Zulhijja, 1446

Matsapayev Abdurahman eng ma’rifatli imom deb topildi

23.10.2018   2783   3 min.
Matsapayev Abdurahman  eng ma’rifatli imom deb topildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining tashabbusi bilan “Eng ma’rifatli imom” tanlovini yuqori saviyada o‘tkazish belgilanib, mazkur tanlovni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha katta tayyorgarlik ishlari ko‘rildi. Tanlovda o‘z hududida ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faollik ko‘rsatgan, yuqori kasbiy mahoratga ega, xalq orasida yuksak obruga ega bo‘lgan, tashabbuskor, innovatsion g‘oyalar yaratuvchisi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan yetarlicha foydalana oladigan eng iqtidorli imom-xatiblarni aniqlashdan iborat.

Uch bosqichda o‘tkazilishi belgilangan tanlovning birinchi shahar va tumanlararo bosqichi joriy yil 5,6 oktyabr kunlari Nukus shahri, Ellikqala va Amudaryo tumanlarida o‘tkazildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi Muhammadayyub Homidov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining qoraqalpog‘istonlik ulamolar va diniy soha xodimlariga yo‘llagan salomini yetkazdi. So‘ng Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Shamsutdin Bauatdinov so‘zga chiqib, bunday diniy-ma’rifiy tanlovlarni o‘tkazishda tashabbuskorlik ko‘rsatgan Diniy idora Rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi va ishtirokchilarga omadlar tiladi.

Tanlovda turli nominatsiyalarda imomlardan tashqari masjidlarda fidokorona xizmat qilib kelayotgan xodimlar ham Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tarafidan «Faxriy yorliq» va esdalik sovg‘alar bilan munosib taqdirlandi. 

“Eng ma’rifatli imom” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari:

I o‘rin: Matsapayev Abduraxman (Amudaryo tumani “Yusuf eshon bobo” jome masjidi imom-xatibi);

II o‘rin: Abudjanov Toirjon (Turtkul tumani “Turtkul” jome masjidi imom-xatibi);

III o‘rin: Jumamuratov Yaqub (Taxiyatosh tumani “Muhammad Murod eshon” jome masjidi imom-xatibi).

“Eng namunali imom-noibi”

- Jolaushiyev Aybek (Nukus shahri Imom eshon Muhammad jome masjidi imom-noibi),

“Eng ko‘p obuna uyushtirgan imom”

Idrisov Azat (Qorauzyak tumani “Idris eshon” jome masjidi imom-xatibi),

“Eng targ‘ibotchi imom”

Seytjanov Bekmurza (Chimboy tumani “Xan” jome masjidi imom-xatibi),

“Eng xushovoz muazzin”

Allambergenov Ilhom (Nukus shahri “Imom eshon Muhammad” jome masjidi muazzini),

“Eng ishbilarmon mutavalli”

Abdijamilov Baxram (Nukus shahri “Imom eshon Muhammad” jome masjidi mutavallisi)

“Eng mirishkor bog‘bon”

Najimov Raxmanberdi (Kegayli tumani “Eshon qal’a” jome masjidi bog‘boni),

“Eng namunali masjid”

- Taxiyatosh tumani “Sariq eshon” jome masjidi (masjid imom-xatibi Umirzaqov Rafatdin)

“Eng namunali tahoratxona”

- Turtkul tumani “Yonboshqal’a” jome masjidi  tahoratxonasi (masjid imom-xatibi Qlichev Dosnazar) 

 

Islamatdin Allanov

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muazzam kunlar og‘ushidamiz

05.06.2025   8917   4 min.
Muazzam kunlar og‘ushidamiz

Diyorimizga ulug‘ ayyom kirib kelmoqda. Qutlug‘ Iydul Azho vatandoshlarimizni xayru saxovat, mehr-oqibat sari chorlaydi. Bu bayram chin ma’noda odamiylik ayyomi. Insonlarga mehr, o‘ksik ko‘ngillarga shodlik ulashish fursati.


Qalblari himmat va karam ne’matidan bobahra xalqimiz bu muazzam kunlarni boy bermaslik uchun fursatni g‘animat biladilar va savobdan bahramand bo‘lib qolishga harakat qiladilar.


Dinimiz ko‘rsatmalari, shariat hukmlarini ustivor tutgan qodir vatandoshlarimiz qurbonliklar qilib, Haqni rozi qilishga, haqdorlar ko‘nglini olishga intiladilar. Yaratganning rahmati yog‘ilib turgan damlarda duolar mustajob bo‘ladi. Alloh taolo o‘zining kalomida “Parvardigoringiz uchungina namoz o‘qing va qurbonlik qiling”, - deb marhamat qiladi.


Bu borada sarvari koinot sayyidimiz ibratlari o‘rinli. Oila a’zolarimizni yo‘qlash, qo‘shnilar holidan xabar olishda, miskinlarni sevintirish-u, xastalar ahvolidan  ogoh bo‘lishda ularning hadisi muboraklari bizga nurli yo‘l, deymiz.


Amallar ko‘p. Ularga beriladigan savoblarning darajasi amalga qarab belgilanadi. Eng savobi ko‘p amal bu farz hisoblansa, boshqalarga yaxshilik ulashish undan keyingi o‘rinda turadigan ulug‘ ibodatdir!


Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida boshqalarga qilinadigan yaxshilikni farzdan keyingi o‘rinda turishini bayon qilib shunday dedilar: “Farzlarni ado qilishdan keyingi o‘rinda turadigan Allohga eng suyukli bo‘lgan amal bu musulmoning qalbiga xursandchilikni kiritishdir”.


Shuning uchun Shayx Abdulloh Hoshim rahmatullohi alayh qozilikdan kelgan maoshning teng yarmiga shirinlik sotib olib, o‘zlari bilan olib yurar va har doim uchratgan bolaga shirinlikdan berib, uni xursand qilar edilar.


Ulug‘ kunlarda turibmiz. Har damni g‘animat bilishlik, bir birimizga saxovatda ibrat bo‘lishimiz savobli amallar ekanini his qilmog‘imiz lozim. Bu kunda isrofgarchilikdan xoli dasturxonlar yozish, borimizni boshqalar bilan bo‘lishishga intilishimiz darkor. Xayrni,  yaxshilikni gunohga almashtirib qo‘ymaslik uchun ham uyg‘oq ko‘ngil bo‘lish talab etiladi.


Bugun muazzam kunlar og‘ushidamiz, dedik. Vatandoshlarimiz ulug‘ safarlarni ixtiyor etganlar. Ayni fursatlarda hojilarimiz Mino, Arofat vodiylarida, Muzdalifada – duolar qabul bo‘ladigan makonlarda, zamonlarda ibodatlar qilib, elu yurtga tinchlik, osoyishtalik so‘ramoqdalar. Bu duolar barakotidan diyorimiz ahliga qancha yaxshiliklar yetishadi, inshaalloh. Ibodatlar huzurini totgan odamlarning qalbi salim, ehsonu, muruvvatda peshqadam bo‘lishlari bu eng katta yaxshilik aslida. Hojilarimiz safar odoblarini tushunib, ulug‘ dargohlardan nasibador bo‘lib qaytadilar. Diyorimizga qaytganlaridan so‘ng esa yoshlarimiz ma’naviyatiga kamarbasta bo‘ladigan, Haq va haqiqat yo‘lida sidqidil xizmat qiladigan xolis Haq xizmatchilariga aylanadilar, degan umidimiz bor. Bunday ulug‘ ziyoratlar insonni qaysi yoshda bo‘lmasin, ezguliklarga xayrixox qiladi. O‘zgalar qalbini tushunishga, vatan va xalq manfaati yo‘lida sa’y-harakatga chorlaydi.


Bu kunlarning Yaratgan dargohidagi o‘rni musharraf. Hayit kechalarida duolar qabul bo‘ladi. Qurbonlik go‘shtlaridan nasibador oilalarga xursandchilik kiradi. Bu ehsonlar ortida ham mehr-oqibat, o‘zaro bag‘rikenglik maqsadi mujassam. Biz bu makonda yasharkanmiz, turli millatlar vakillari yagona O‘zbekistonning fuqarolarimiz. O‘zaro tenglik, adolat hukm surgan yurtda birodarlik, yaxshi qo‘shnichilik an’analarini qadrlab yashamoqdamiz. Mahallalarda hamkorlik bilan obodlik sari yo‘l ochilyapti. Vatanimiz kundan- kunga farovon, xalqimiz turmushi chiroyli bo‘lib boryapti. Bu ne’matlarga shukrona qilish, to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam bo‘lish ma’rifatimiz, ma’naviyatimiz kamolidan darak beradi.


Xalqimizga saodat va sano ayyomi – Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! Barchamizni Yaratgan xayru xursandchiliklar ustida bardavom qilsin. Vatanimiz tinch, yurtdoshlarimizning oilalari farovon bo‘lsin.

Xolmurod MAMAJONOV,

Farg‘ona shahar “Ummul quro” masjidi imom-xatibi

O'zbekiston yangiliklari