Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2025   |   24 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:32
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:42
Bismillah
18 Avgust, 2025, 24 Safar, 1447

Makkadagi sessiyada muftiy hazratlari nutq so‘zladilar

18.10.2018   6156   1 min.
Makkadagi sessiyada muftiy hazratlari nutq so‘zladilar

Bugun, 18 oktyabr kuni Makka shahrida o‘tayotgan Islom olami uyushmasi Oliy kengashining 43-sessiyasida dastlabki notiqlar qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari nutq so‘zladilar.

U kishi o‘z nutqlarida musulmonlar o‘rtasida birdamlik, hamjihatlikni kuchaytirish, o‘zaro ahillikka erishish, turli ixtilof va firqachilikka barham berish kerakligi, sessiyaning qabul qilinadigan qarorlarida musulmonlarning umummanfaatini nazarda tutish maqsadga muvofiq bo‘lishi borasida to‘xtalib o‘tib, bu ishlar ayniqsa bugungi kunda davr talabi ekanini ta’kidladilar.

Shuningdek, O‘zbekistonda olib borilayotgan din sohasidagi islohotlar haqida gapirib berdilar.

Anjuman ishtirokchilari muftiy hazratlarining nutqlarini diqqat bilan tinglab, mazkur nutqdan ta’sirlanganliklarini, hazratning aytgan so‘zlari ularda katta taassurot qoldirganini bayon etdilar.

Anjumanda muhokama qilinayotgan masalalar haqida saytimizda batafsil yoritib boramiz. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar

14.08.2025   11132   1 min.
Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar

Payariq tumanida viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi tashabbusi bilan shahar va tuman imom-xatiblari, iqtidorli imomlar hamda 65 nafar hojilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xalq bilan, keng jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish yuzasidan fikrlar bildirildi. Bu bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.


Tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilari hududdagi ijtimoiy ahvoli og‘ir, bemor va nogironligi bor oilalar yashaydigan xonadonlarga borishdi. Ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi. “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tomonidan 50 ta nogironi bor ana shunday oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.


Shuningdek, viloyatda diniy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘lida faol ishtirok etib kelayogan besh nafar amaliyotchi moddiy jihatdan rag‘batlantirildi.

Vaqf.uz

Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar Insonga e’tibor va xalqqa yaqinlik yo‘lida amaliy tadbirlar
O'zbekiston yangiliklari