Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Aprel, 2025   |   26 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:30
Peshin
12:26
Asr
17:12
Shom
19:16
Xufton
20:37
Bismillah
24 Aprel, 2025, 26 Shavvol, 1446

Rasululloh sallolohu alayhi vassallamga salovat aytish fazilati

17.10.2018   15812   1 min.
Rasululloh sallolohu alayhi vassallamga salovat aytish fazilati

Abdulloh ibn Amr rozianllohu anhu: “Kim Nabiy sallolohu alayhi vassallamga bitta  salovat aytsa, Alloh taolo va uning farishtalari unga yetmishta salovat aytishadi”, dedilar. (Ahmad rivoyat qilgan).

Nabiy sallolohu alayhi vassallamga salovat aytish fazilati va savobli amaldir. U zotga salovat aytish haqida Alloh Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan: Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salovat ayturlar. Ey mo‘minlar (sizlar ham) unga salovat va salom aytingiz! (Azhob surasi 56-oyat).

Anas ibn Malik rozianllohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallolohu alayhi vassallam: “Kim menga bitta salovat aytadi, Alloh uning o‘nta gunog‘i o‘chiriladi va u uchun o‘nta daraja ko‘tariladi”, dedilar.

Ibn Mas’ud rozianllohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallolohu alayhi vassallam: “Qiyomat kunida insonlarning menga eng yaqinrog‘i, ularning menga ko‘p salovat aytganlaridir”, dedilar. (Termiziy rivoyati).

Rasululloh sallolohu alayhi vassallamga salovat aytish qalbni munavvar qiladigan, duolar ijobat bo‘lib, amal daftariga ko‘plab savoblar bitilishiga sabab bo‘ladigan go‘zal ibodatdir. Alloh barchamizni Rasululloh sallolohu alayhi vassallamga ko‘p salovat aytishga qodir qilsin. Amin.

 

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi

Oybek Ma’rupov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Tayland shayxulislomi o‘rinbosari bilan muloqot qilindi

23.04.2025   2145   1 min.
Tayland shayxulislomi o‘rinbosari bilan muloqot qilindi

Bugun, 23 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Tayland shayxulislomi o‘rinbosari doktor Abdulloh Numsuk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Muloqot avvalida Homidjon domla Ishmatbekov mehmonlarni tashrif bilan qutlab, O‘zbekiston va Tailand davlatlari aloqalari rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining munosabatlari o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun zamin bo‘layotganini ta’kidladi. 

Uchrashuv davomida martabali mehmonga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tarixi, maqsad-vazifalari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, masjid-madrasalar faoliyati, diniy ta’lim va haj-umra tadbirlari to‘g‘risida so‘zlab berildi. 

O‘z navbatida doktor Abdulloh Numsuk samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar taraqqiy etayotgani va tomonlar samarali muloqotlar o‘tkazayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. U O‘zbekiston zamini dunyo sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgani, bu yurtdan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar insoniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shani, xususan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi allomalar butun musulmon olamiga mashhur ekanini e’tirof etdi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari O‘zbekiston bilan ilm-fan, ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot va ziyorat turizmi yo‘nalishlarida ko‘p qirrali hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanlarini bildirdi.

Muloqot asnosida Homidjon domla Ishmatbekov Tayland davlati Shayxulislomi o‘rinbosari Doktor Abdulloh Numsukni 2025 yilning sentyabr oyida Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasi ochilishi marosimlariga taklif etdi.

Tashrif davomida mehmonlar “Hazrati Usmon Mus'hafi”ni ziyorat qilib, yurtimizda olib borilayotgan tarixiy ishlarni yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro esdalik sovg‘alari almashdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Tayland shayxulislomi o‘rinbosari bilan muloqot qilindi Tayland shayxulislomi o‘rinbosari bilan muloqot qilindi Tayland shayxulislomi o‘rinbosari bilan muloqot qilindi Tayland shayxulislomi o‘rinbosari bilan muloqot qilindi Tayland shayxulislomi o‘rinbosari bilan muloqot qilindi Tayland shayxulislomi o‘rinbosari bilan muloqot qilindi Tayland shayxulislomi o‘rinbosari bilan muloqot qilindi Tayland shayxulislomi o‘rinbosari bilan muloqot qilindi Tayland shayxulislomi o‘rinbosari bilan muloqot qilindi
O'zbekiston yangiliklari