frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Til bilgan – el biladi

15.10.2018   10886   3 min.
Til bilgan – el biladi

Bugungi globallashuv sharoitida dunyo yangiliklarini o‘rganish va ularni sintez qilish, oqini qorasidan ajratib borish, albatta, muhim faoliyatdir. Zero, dunyoda bo‘layotgan jarayonlarga e’tiborsiz qolib, ko‘z yumib bo‘lmaydi.

Alloh taoloning irodasi ila dunyoda Odam farzandlari turli millat va elat vakillariga ajiratilgan. Ularni bir-birlaridan ajiratuvchi eng asosiy vosita bu tildir. Tillar boshqalaridan shunchalik darajada farqlanib ketganki, ularni uzoq va chuqur o‘rganishlarsiz tushinib, anglab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘z tilidan boshqa tillarni biluvchilar jamiyatda unchalik ko‘p uchrayvermaydi, balki ba’zilar bir nechta tillarni bilsa, boshqalari undan boshqalarini o‘zlashtirgan bo‘ladi, va boshqa toifa esa faqatgina mahalliy tilini gina biladi xolos.

Lekin, ularning dunyo yangiliklaridan bir xil xabardor bo‘lishga haqlari bor va bu borada ular tengdirlar. Shunday ekan faqat birgina yo‘l, ya’ni turli xil tillarda kelayotgan ma’lumotlarni mahalliy tilga tarjima qilish va jamiyatning barcha qatlam vakillari uchun taqdim qilish zarur bo‘ladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, tarjimonlarning, ya’ni kasb yuzasidan emas, balki tarjima qilishga salohiyatli bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotidagi o‘rni ahamiyatlidir.   

 Aslida tarjimadan ko‘zlangan maksad - xorijiy til lisoniy vositalari yordamida yaratilgan matn yoki nutqni ona tili materiali asosida qayta yaratishdan iboratdir. Buning uchun tarjimon, birinchi navbatda, asl nusxani to‘la-to‘kis idrok etishi, so‘ngra uni o‘z tilida bekami-ko‘st qayta ifodalashi darkor. Muallif bermoqchi bo‘lgan ma’lumot yoki yaratgan voqe’likni to‘laligicha idrok etish uchun tarjimon keng mushohada quvvatiga ega bulgani holda, asar tarkibidagi lisoniy vositalarning mazmuniy va uslubiy-estetik jixatlarini tug‘ri anglashi, shu bilan birga muallif nazarda tutgan bosh g‘oyani, uning niyat va maqsadlarini. ochiq-oydin ko‘zga tashlanib turgan voqea-hodisalar tasviridan tashkari yana matn ortida turgan voqe’likni, bir so‘z bilan aytganda nafaqat lisoniy, balki g‘ayrilisoniy omillarni ham to‘la-to‘kis tasavvur etishi zarur. Toki natija shunday bo‘lsinki, asliyat o‘z o‘quvchi yoki tinglovchisiga  qanday tushuncha yoki zavq baxsh etsa, uning tarjimasi ham asarni asliyatda mutolaa qila olmaydigan o‘quvchi yoki eshituvchiga huddi shunday taasurot in’om etsin.

Tarjimada nuxsonlarni ko‘rgan shaxs aslni sayozlikda ayblaydi, yoki umuman undagi g‘oyaga qarshi fikir paydo qiladi. Natijada asl asardan ko‘zlangan maqsad amalga oshmaydi, balki teskari ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Shuning uchun ham tarjimaning ma’lumotlar almashinuvi jarayonlarida ahamiyati juda kattadir.

Mazkur fikrlarni xulosasi o‘laroq aytish mumkinki, barcha ilmlar qatori tarjimonlik ilmi yoki til o‘rganish har doimgidan ko‘ra bugungi globallashuv sharoitida eng muhim vazifalardandir.



Ibrohim AHMADJONOV
"Hidoya" o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi

O‘MI matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bog‘otda "Erali eshon bobo" masjidi yangi binosi ochildi (fotolavha)

05.08.2026   21387   1 min.
Bog‘otda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi "Erali eshon bobo" jome masjidi zamonaviy asosda qayta qurilib, mo‘min-musulmonlar ixtiyoriga topshirildi. 
 

Masjidning ochilish tantanasida Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev, Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov, viloyat va tuman bosh imom-xatiblari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Marosim Qur’oni karim tilovati bilan boshlanib, yangi masjidning el-yurtimiz ma’naviyatini yanada yuksaltirish, aholi o‘rtasida ezgulik va ma’rifatni mustahkamlashga xizmat qilishini so‘rab duolar qilindi. Shuningdek, ushbu bunyodkorlik ishlariga hissa qo‘shgan saxovatpesha insonlar haqqiga ezgu tilaklar bildirildi.


Ma’lumot o‘rnida, barcha zamonaviy talablarga javob beradigan va zarur sharoitlar yaratilgan mazkur jome masjid bir vaqtning o‘zida 1000 nafar namozxonni qabul qilish sig‘imiga ega.


Alloh taolo ushbu muborak masjidni qiyomatga qadar Qur’on tilovati, ibodat va ma’rifat ziyosi taraladigan qutlug‘ dargohlardan qilsin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Bog‘otda Bog‘otda Bog‘otda Bog‘otda Bog‘otda
O'zbekiston yangiliklari