Qushlarning yaratilishi, ularning ko‘rinishi, shakli o‘ta yuksak mutanosiblik, qulaylik va go‘zal shaklda yaratilgandir.
Qushlarning harakati, parvozi har qanday zamonviy samolyot parvozidan ustun turadi. Bu esa Buyuk Xoliqning qudratiga dalolat qiladi!
Soha mutaxassislari qushlar hayot tarzini o‘rganishgandan so‘ng ushbu xulosaga kelishdi: “Ushbu jonzotlar aqllarni lol qoldirib, juda hayratlantiradi. Ularning qanotlari butunlay o‘zgaruvchan patlar bilan qoplangan bo‘lib, parvozning turli vaziyatlariga qarab moslashuvchandir. Bu esa hozirgi kungacha olimlar (samolyot ishlab chiqarishda) o‘xshatishga urinib, uddasidan chiqa olmayotgan jihatlardan biridir. Shuningdek, dum, oyoqlar, tumshuq va bosh... Qushlar tanasining har bir qismi mutlaqo g‘ayrioddiy ishlovchi texnikadir.
Bundan ham kishini hayratga soladigan narsa (dengiz qirg‘oqlarida yashaydigan baliqchi) qushlar qanday qilib dengiz ichidan chiqib, birdaniga balandlikka sakray oladi?! Shu bilan birga ular turli manyovrlar (epchil harakatlar, hiylalar), murakkab harakatlar, uzoq muddat qo‘nmasdan parvoz qilish va hokazolarni amalga oshiradi”.
Subhanalloh!
So‘zimizni mana bu oyat bilan yakunlaymiz:
أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ يُسَبِّحُ لَهُ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَالطَّيْرُ صَافَّاتٍ كُلٌّ قَدْ عَلِمَ صَلَاتَهُ وَتَسْبِيحَهُ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِمَا يَفْعَلُونَ
“Allohga osmonlar va yerdagi bor jonzot va saf tortgan holidagi qushlar tasbih aytishini ham ko‘rmaysanmi?! Har biri o‘z duosi va tasbihini, batahqiq, bilmishdir. Alloh nima amal qilishlarini o‘ta bilguvchidir” (Nur surasi, 41-oyat).
Abduddoim Kahelning maqolasidan
Nozimjon Iminjonov tarjimasi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi va Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi “Mudarris xalqaro maktab”ida poytaxtimizda joylashgan “Minor” jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfutdinov ishtirokida “Kengmakon” mahallasida istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davomida farzand tarbiyasi, odob-axloq va ilm egallashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat va ma’naviy poklik yoshlarni yot g‘oyalardan asrashda muhim vosita ekani ta’kidlandi. Shuningdek, oiladagi tarbiyaning kuchi, ota-onaning farzandga namuna bo‘lishi jamiyat barqarorligiga xizmat qilishi qayd etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati