Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

“Ilm yo‘lida ko‘mak beramiz” xayriya aksiyasining taqdirlash tadbiri

13.10.2018   3549   8 min.
“Ilm yo‘lida ko‘mak beramiz” xayriya aksiyasining taqdirlash tadbiri

2018 yil 13 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan «Ilm yo‘lida ko‘mak beramiz» nomli diniy ta’lim muassasalari talabalarining to‘lov-kontraktlarini to‘lab berish ishlari bo‘yicha xayriya aksiyasi tadbiri o‘tkazildi. Shuningdek, Qur’oni karimni yod olgan yoki arab tilidagi biror qo‘shimcha kitobni tamomlagan talabalar rag‘batlantirildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, PayMe, Click, Mbank kabi respublikaning yirik to‘lov tizimlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, diniy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ulamolar, imom-xatiblar, Toshkent Islom instituti, diniy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5416-son Farmoni asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida «Vaqf» xayriya jamoat fondi tashkil etildi.
O‘tgan davr mobaynida ushbu fond tomonidan diniy ta’lim muassasalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun jami 211 mln. so‘m, ijtimoiy himoyaga muhtoj jamiyatlarga 22 mln. so‘m va yordamga muhtoj va nogironligi bo‘lgan 534 nafar fuqarolarga 480 mln. so‘mdan ziyod mablag‘ xayriya qilindi. Qurbon hayitida Respublika bo‘yicha 10 tonnadan ziyod qurbonlik go‘shtlari fond nomidan tarqatildi. Shu bilan birgalikda o‘ta og‘ir holatdagi 4 ta xonadon fond tomonidan to‘liq ta’mirlab berildi.
«Vaqf» fondi tomonidan tashkil etilgan «Masjid va madrasalar uchun kitob» aksiyasi doirasida shu vaqtga qadar 9 ta viloyatdagi 306 ta masjidga jami 367 mln so‘mlik 13109 ta kitob yetkazib berildi.
Fond tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi bilim yurtlari talabalari va o‘qituvchilarini rag‘batlantirish, namunali va iqtidorli talabalarni to‘lov-kontrakt pullarini to‘lab berish uchun Fond tomonidan «Ilm yo‘lida ko‘mak beramiz» aksiyasi tashkil etildi.
2018 yil 13 oktyabr kuni ushbu aksiyaning birinchi bosqichi natijalari bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda diniy ta’lim muassasalarining eng iqtidorli 39 nafar talabalarining kontrakt pullari to‘lab berilib, o‘zining iqtidori va qobiliyati bilan Qur’oni karimni to‘liq yod olgan 15 nafar talaba eng kam ish haqining 10 baravaridan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Taqdirlash tadbirida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, “Vaqf” xayriya jamoat fondi mas’ul xodimi Odilxon qori Ismoilov, Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas’ul xodimi Tolibjon Mirzaqulov, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘ofurov va boshqalar so‘zga chiqib, qisqa muddat ichida “Vaqf” fondi tomonidan juda ko‘p ishlar qilingani haqida ma’lumotlar berdilar.
Umumiy hisobda ushbu aksiyaning birinchi bosqichi uchun Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan 160 000 000 so‘m ajratildi.
Vaqf fondi: erishilgan natijalar va kelajak rejalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5416-son Farmoni bo‘yicha «Vaqf» xayriya jamoat fondi tashkil etildi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi o‘z oldiga masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, masjid xodimlari, jumladan imom-xatiblar, noib imom, muazzinlarni oylik maosh bilan ta’minlash,aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator ishlarni maqsad qilib qo‘ygan.
Vaqf xayriya jamoat fondi ochilgandan buyon kam ta’minlangan va yordamga muhtoj kishilar fondga rasmiy tarzda murojaat qilishmoqda. Ularning kasallik hujjatlarini va moddiy yordamga muhtojligi haqidagi dalillar asosida ularg zakot yoki xayriya hisob raqamlarimizdan yordam ko‘rsatilmoqda.
Erishilgan natijalar

«Masjid va madrasalar uchun kitob» aksiyasi
«Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan hozirgi kunda «Masjid va madrasalar uchun kitob» aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiyaga ko‘ra, masjidlarga Qur’oni karim, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub diniy-ma’rifiy kitoblar va masjid qavmi uchun kerakli deb hisoblangan kitoblar yetkazib berilyapti.
Shu vaqtga qadar 9 ta viloyatdagi 306 ta masjidga jami 367 mln so‘mlik 13109 ta kitob yetkazib berildi.
Masjidlarga «Qur’oni karim», muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) mo‘jizalari», «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning muborak vasiyatlari», «Oilada farzand tarbiyasi», «So‘ragan edingiz», shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub, «Odoblar xazinasi» to‘plami, «Islom tarixi» to‘plami, «Hadis va hayot», «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq», «Zikr ahlidan so‘rang», «Oltin silsila», «Iymon», «Ochiq xat» «Baxtiyor oila» kitoblari, shu bilan birgalikda masjid ahli uchun kerakli deb hisoblangan «O‘kinma», «Yengil amallar», «Hanafiy fiqhidan savol-jaovblar», «Dunyo va din odobi», «Nurul basar» «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning axloq odoblari» «40 farz» «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shakli shamoillari» «Til ofatlari», «Umrning bir lahzasi», «Baxtli hayot sari», «G‘iybat o‘zi nima?», «Hazrati Nuhning kemasi va to‘fon voqeasi», «Muallimi soniy», «Men ham namoz o‘qiyman», kabi kitoblar Alloh yo‘lida vaqf mulki qilib berilmoqda.
Saxovat tadbirlari
Vaqf xayriya jamoat fondi yordamga muhtoj nogironlar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar hamda kam ta’minlangan oilalarga doimiy ravishda yordam ko‘rsatib kelmoqda. Shu vaqtga qadar fond umumiy hisobda 1 mlrd so‘mdan ziyod saxovat ishlarini amalga oshirdi. Jumladan, Qurbon hayitida Respublika bo‘yicha 10 tonnadan ziyod qurbonlik go‘shtlari fond nomidan tarqatildi. Shu bilan birgalikda 400 ta oilaga iste’mol savatchasi tarqatildi.
Kelajak rejalar
“Nikoh to‘ylari”
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalarning nikoh yoshiga yetgan farzandlarini nikoh to‘ylarini o‘tkazib berish bo‘yicha aksiya e’lon qilinishi rejalashtirildi.
Obi hayot loyihasi
«Vaqf» xayriya jamoat fondi yaqin kelajakda «Obi hayot» nomli loyihani ishga tushiradi. Unga ko‘ra chekka-chekka qishloq va ovullarda suv chiqarish rejalashtirilgan.
Ro‘zg‘or loyihasi
«Vaqf» xayriya jamoat fondi yaqin kelajakda «Ro‘zg‘or» nomli loyihani ishga tushiradi. Unga ko‘ra kam ta’minlangan, boquvchisi yo‘q, nogironligi bo‘lgan shaxslarning uylariga ro‘zg‘orlik qilib beriladi. Ushbu loyiha aksiya ko‘rinishida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ehtiyojmandlarga ko‘mak
Kiyim-kechak, mebel, maishiy elektr-texnika jihozlari va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlarni yig‘ish va ehtiyojmandlarga beg‘araz berish tariqasidagi “Ehtiyojmandlarga ko‘mak” aksiyasi rejalashtirilgan.

“Obod xonadon” loyihasi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni manzillarini topish, ularning uy-joylarini qurish va ta’mirlashga yordam berish maqsadida “Obod xonadon” aksiyasini e’lon qilish aksiyasi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari yana bir qator xayriya tadbirlari ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

24.07.2025   19285   2 min.
Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi. 


Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.

 

Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.


Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi. 


Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 


2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi