Saudiya Arabistonining Madina shahridagi Masjidun Nabaviyda Qur’on hifzi, tilovati va tafsiri yo‘nalishlarida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro Qur’on musobaqasida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etdi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam masjidlarida, hijriy sana bo‘yicha muharram oyining 26 sanasidan safar oyining 1 kuniga qadar o‘tkazilgan Qur’on musobaqasi natijalari Islom.uz saytida e’lon qilindi.
Quyida musobaqa natijalari bilan tanishing.
Birinchi bo‘linma
Ikkichi bo‘linma
Uchinchi bo‘linma
To‘rtinchi bo‘linma
O‘MI Matbuot xizmati
#KUN_IMOMI
Yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun sarflangan mablag‘ kelajakka yotqizilgan sarmoyadir. O‘quvchilarning ta’lim olishlariga shart-sharoit yaratib berishning savobi ulug‘.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi rahbariyati tashabbusi bilan 2025 yil 18 avgust kuni poytaxtimizning Yangi hayot tumanidagi «Niyozmat ota» jome masjidi imom-xatibi homiylarni jalb qilgan holda ehtiyojmand oilalarning 30 nafar o‘quvchi-yoshlariga qiymati 500.000 so‘m, jami 15 million so‘mlik zarur kiyim-kechak, o‘quv qurollari va maktab sumkalari hadya qildi.
Sovg‘alarni olgan bolalarning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rgan kishining kelajakka ishonchi yanada oshishi tayin.
Alloh taolo ehsonlarni qabul qilsin.
O‘quvchilarning o‘qishlariga muvafaqiyatlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati