Madinadagi xalqaro Qur’on musobaqasi ishtirokchilari Masjidul Harom imomi Shayx Abdurahmon ibn Abdul Aziz as-Sudays bilan uchrashdilar. Bu haqda Toshkent islom instituti matbuot xizmati xabar berdi.
1. Shayx Abdurahmon ibn Abdul Aziz as-Sudays Tahfizul Qur’on kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne’matovni Qur’on qutladi.
2. Masjidul Harom imomi Abdurahmon as-Sudays Abdurahmon qorini qutlamoqda.
3. Masjidul Harom imomlari tilovati va muazzinlari azon aytishiga taqlid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada o‘zbekistonlik qorilar g‘olib bo‘lishdi.
4. Musobaqa ishtirokchilari Qirol Fahd bin Abdulaziz nomidagi Qur’oni karim matbaasi faoliyati bilan tanishdilar.
O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Madinai munavvara shahridagi «Zamzam Pullman» mehmonxonasida bo‘lib turgan ziyoratchilar bilan suhbatlashdilar. Yurtdoshlarimizdan sog‘liklari, kayfiyatlari, ibodatlarini qanday ado etayotganlari, mehmonxonadagi sharoitlar haqida fikr-mulohazalarini so‘radilar.
Bo‘lajak hojilar ziyorat va ibodatlarni bekamu ko‘st ado etishlari uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlardan nihoyatda mamnunligini bildirishdi. Ayniqsa, mehmonxona Harami sharifga juda yaqinligi yoshi ulug‘ kishilar uchun ham qulay bo‘layotgani, besh mahal namozni Masjidi Nabaviyda ado etishning shukuhi haqida so‘zladilar. Malakali imom-xatiblardan tashkil topgan ellikboshilar, ishchi guruhi, shifokorlar tunu-kun shay turishganini alohida e’tirof etishdi.
Muqaddas zaminda toat-ibodatlarini xotirjam bajarayotgan ziyoratchilar yaqinlari, oila a’zolari qatorida tez-tez el-yurtimiz, davlatimiz rahbari va boshqa mutasaddilar haqlariga duolar qilib, ofiyat va farovonligimiz bardavomligini Allohdan so‘rashmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati