"Buyuk Britaniya poytaxti aholisining aksari musulmon bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarning poytaxtidan Islomiyroqdir", deydi Mavlono Said Rizo Rizvi. Bu haqda Saudi Gazette xabar berdi.
Bugungi kunda Londonda 423 masjid faoliyat ko‘rsatmoqda, 100 shariat sudi esa musulmonlarga nikoh masalalari, mol-mulk va meros masalalarida yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Londonning ayrim tumanlarida masjidlar cherkovlar bilan yonma-yon joylashgan. Masalan, Avliyo Georgiy cherkovi 1230 kishiga mo‘ljallangan, ammo bu yerga atigi o‘n ikki kishi keladi. Yaqin o‘rtada joylashgan masjid esa 100 kishiga mo‘ljallangan va har doim to‘la bo‘ladi.
Taxminlarga ko‘ra, 2020 yilga borib Londonda masjidlarga boruvchilar soni 683 mingga yetadi, har haftalik ibodat uchun cherkovlarga boradiganlar soni esa 679 mingga tushishi kutilmoqda.
O‘MI Matbuot xizmati
Ma’ruf ibn Fayruz al-Karxiy rahimahulloh aytadilar:
“Dunyo to‘rt narsadan iborat: mol, so‘z, uyqu va taom. Mol tug‘yonga olib boradi, so‘z adashtiradi, uyqu esdan chiqaradi, taom shahvatga yetaklaydi”.
“Solihlar ko‘p, lekin ular ichida siddiqlar kam”.
“Alloh kimga yaxshilikni istasa, unga amal eshigini ochib, tortishish eshigini yopadi. Agar yomonlik istasa, amal eshigini yopib, tortishish eshigini ochadi”.
“Allohga tavakkul qil, toki U sening ustozing va shikoyat qiladigan Zoting bo‘lsin. Chunki insonlardan naf yo‘q”.
“Ko‘zlaringizni tiying, hatto urg‘ochi qo‘ydan ham”.
“Saxiylik — muhtoj paytda muhtoj narsani boshqa birovga berishdir”.
“Tungi ibodat mo‘min uchun qiyomat kunida nur bo‘lib, o‘ngu so‘lini yoritadi. Kunduzgi nafl ro‘za esa, bandani do‘zaxning issig‘idan uzoqlashtiradi”.
“Qiyomat kunida bir nido qilguvchi: “Ey Allohni madh qilganlar turinglar”, deb nido qiladi. Shunda, “Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar turishadi”.
“Avliyolarning alomati nima?” — deb so‘rashdi. “Alomatlari uchtadir: Alloh uchun g‘am chekadi, Alloh bilan mashg‘ul bo‘ladi va Alloh tomonga qochishadi”.
Dovud Toiyning do‘stlaridan biri menga: “Amalni tashlama. U seni Robbingning roziligiga yaqinlashtiradi”, dedi. Men undan: “Qaysi amalni?” deb so‘radim. U: “Robbingga doimiy itoat, musulmonlarga xizmat va ularga nasixat” dedi.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV