Nishonga urilgan gaplar: Ba’zi odamlar «aksa urish»ga o‘xshaydi. Hayotingdan chiqib ketganidan keyin «ALHAMDULILLAH» deyishing kerak!
6.10.2018
4160
1 min.
Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan so‘zlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
- Qoloqlikning eng muhim sabablaridan biri — bir ishni, vazifani uning mutaxassisi bo‘lmagan kishiga topshirishdir!
«Tarix muxrlagan so‘zlar»
- Sharafli faqirlik oriyatsiz boylikdan afzaldir!
Jorj Bernard Shou
- Ba’zi odamlar sizni tashlab ketishadi. Lekin bu hayotingiz tugadi degani emas. Balki bu hayotingizning faqat ularga bog‘liq qismi tugadi deganidir.
Uil Smit
- Qurol bilan terrorchilarni o‘ldira olasan. Ammo, ta’lim bilan terrorizmni o‘ldira olasan.
Malala Yusufzay
- Ba’zi odamlar «aksa urish»ga o‘xshaydi. Hayotingdan chiqib ketganidan keyin «ALHAMDULILLAH» deyishing kerak!
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING