Bugun, yurtimiz musulmonlari ulkan musibatga, og‘ir judolikka uchradi. Ko‘p yillardan beri nafaqat yurtimiz, balki qo‘shni mamlakatlarga ham sermahsul xizmatlari bilan tanilgan, muhtaram ustoz, taniqli ulamo Abdurazzoq hoji Yunusov tabarruk 70 yoshda vafot etdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, ulamolari, imom-xatiblar va mudarrislar hamda Abdurazzoq hoji Yunusovning shogirdlari u kishining oila a’zolariga, yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Ulug‘ olim Abdurazzoq hoji Yunusovning janozalari 2018 yil 5 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Kamolon dahasidagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidida juma namozidan so‘ng o‘qiladi.
Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’uun.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati