Jahon xalqaro maydonlarida O‘zbekiston Respublikasining turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida, Toshkent shahrida 2018 yil 3-5 oktyabr kunlari o‘tkazilayotgan “Turizm Ipak yo‘lida” 24-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Toshkent shahrining turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish va jahon maydonida munosib ishtirok etish uchun «Tashkent City» stendi bilan Toshkent shahar xokimiyati ishtirok etmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zekspomarkaz”ning milliy pavilonida «Tashkent City» stendi uchun 100 kv.m maydon ajratilgan. Maydonning o‘ng tomonida joylashtirilgan monitorda “Welcome to Tashkent”, ”Invest in Tashkent”, ”Tashkent Sity”,”Chorsu”,”Fargona yoli” investitsion loyihalarining videoroligi muntazam aylanib turibdi. Bundan tashqari kichik monitorlarda Toshkent shahrining madaniy meros obektlari va ko‘zga ko‘ringan joylardan 360 gradusli burchak ostida tayyorlangan video ketma-ketlik va “Uzbekistan Pass” milliy turistik hizmatning yangi loyihalari prezintatsiya ko‘rinishida namoyish etilmoqda.
Ushbu yarmarkada Toshkent shahri va respublikamizning barcha viloyatlari, hamda xorijiy mamlakatlar jumladan, Indiya, Indoneziya, Misr, Turkiya, Xitoy, J.Koreya, Tailand, Ukraina, Qozog‘iston va O‘zbekinvest Hayot, Kasaba uyushmasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, UXY MAK, O‘zbekiston temir yo‘llari, O‘zvinsanoat Xolding, Madaniyat vazirligi, Wyndham Hotel, Lotte City Palace, Hyatt Regency Hotel, Raddison BLU Hotel, Golden Dragon, Asaka Bank, O‘zbekiston milliy banki, Trust bank, Uzbektour, HD Project, Air Astana, Astra, Mehrigiyo, City Palace, Scat, Art Hotel, Ishonch, Sixt, Visit Alay, Ittifoq, Astraxan, Abda Travel, MDIS Tashkent o‘z stendlari bilan ishtirok etishmoqda.
O‘MI Matbuot xizmati
G‘am-qayg‘usiz hayotni kutib yashayotgan qizga «Siz kutayotgan kun bu dunyoda hech qachon kelmaydi», deb aytish kerak.
Alloh taolo «Biz insonni mashaqqatda yaratdik», degan (Balad surasi, 4-oyat).
Bu hayot – g‘am-tashvishli, azob-uqubatli, mashaqqatli hayotdir. Mo‘min odam buni juda yaxshi tushunadi. Bu dunyoda qiynalsa, azob cheksa, oxiratda albatta xursand bo‘lishini biladi. Inson mukammal baxtni faqatgina oxiratda topadi. Shuning uchun ulug‘lardan biriga «Mo‘min qachon rohat topadi?» deb savol berishganda, «Ikkala oyog‘ini ham jannatga qo‘yganida», deb javob bergan ekan.
Allohning mehribonligini qarangki, oxirat haqida o‘ylab, unga tayyorgarlik ko‘rish hayotni go‘zal qiladi, qayg‘ularni kamaytirib, uning salbiy ta’sirini yengillatadi, qalbda rozilik va qanoatni ziyoda qiladi, dunyoda solih amallarni qilishga qo‘shimcha shijoat beradi, musibatga uchraganlarni bu g‘am-tashvishlar, azob-uqubatlar bir kun kelib, bu dunyoda bo‘lsin yoki oxiratda bo‘lsin, baribir yakun topishiga ishontiradi. Oxirat haqida o‘ylab, faqat solih amallar qilishga intilish insonni baxtli qiladi.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Kimning g‘ami oxirat bo‘lsa, Alloh uning qalbiga qanoat solib qo‘yadi, uni xotirjam qilib qo‘yadi, dunyoning o‘zi unga xor bo‘lib kelaveradi. Kimning g‘ami dunyo bo‘lsa, Alloh uning dardini faqirlik qilib qo‘yadi, parishon qilib qo‘yadi, vaholanki dunyodan unga faqat taqdir qilingan narsagina keladi».
Alloh taolo faqat oxirat g‘ami bilan yashaydigan (oxirat haqida ko‘p qayg‘uradigan, har bir amalini oxirati uchun qiladigan) qizning qalbini dunyoning matohlaridan behojat qilib qo‘yadi. Qarabsizki, bu qiz har qanday holatda ham o‘zini baxtli his qiladi, hayotidan rozi bo‘lib yashaydi. Xotirjamlikda, osoyishtalikda, qanoatda yashagani uchun istamasa ham qo‘liga mol-dunyo kirib kelaveradi. Zero, Alloh taolo oxirat g‘amida yashaydigan, shu bilan birga, hayotiy sabablarni ham qilish uchun harakatdan to‘xtamagan kishining rizqini kesmaydi, uni ne’matlariga ko‘mib tashlaydi.
Ammo Alloh taolo bor g‘am-tashvishi dunyo bo‘lgan qizni faqirlar qatorida qilib qo‘yadi. Bunday qiz mol-dunyoga ko‘milib yashasa ham, o‘zini faqir, bechora his qilaveradi. Natijada dardi yangilanaveradi, dardiga dard qo‘shilaveradi, fikrlari tarqoq bo‘lib, iztirobga tushadi. Afsuski, shuncha yelib-yugurgani bilan faqat dunyoning ne’matlariga erisha oladi, oxiratda nasibasi bo‘lmaydi.
Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh,
Abdulhamid Umaraliyev tarjimasi.