Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Nishonga urilgan gaplar – 5

2.10.2018   3891   1 min.
Nishonga urilgan gaplar – 5

Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan so‘zlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

Buyuk sahobiyning hikmatlari

  • Allohning yaratganlarini ko‘rib turib, Alloh haqida shak qilgan kimsadan ajablandim.
  • O‘lganlarni ko‘rib turib, o‘limni unutgan kimsadan ajablandim.
  • Birinchi paydo bo‘lishni ko‘rib turib, keyingi paydo bo‘lishni inkor qilgan kimsadan ajablandim.
  • Foniy diyorni obod qilib, boqiy diyorni tark etgan kimsadan ajablandim.
  • Kecha nutfa bo‘lib, ertaga murda bo‘ladigan kimsaning mutakabbirlik qilishidan ajablandim.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu

 

  • Men shahmat o‘ynashni o‘rganishga umuman qiziqmadim. Sababi oddiy: shoh tirik qolishi uchun qo‘shinni o‘ldirishni istamayman!

Mahatma Gandi

 

  • Hayo va sukut ayollarning eng go‘zal ziynatidir!

 

  • Bir insonni sinab ko‘rding, do‘stlikka yaramas ekan, endi uni o‘zingga dushman qilib olishdan ehtiyot bo‘l!

Pifagor

 

  • Tog‘larning tepasiga olam seni ko‘rishi uchun emas, balki sen o‘zing olamni ko‘rish uchun chiq.

Devid Makkalou

  

 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

 Nozimjon Iminjonov

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan amaliy tadbir (videolavha)

10.01.2025   1955   1 min.

 

Videolavhalar