Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rais o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg musulmonlari idorasiga tashrif buyurgani haqida ma’lumot bergan edik.
Delegatsiya a’zolari islom dini arkonlariga asosan halol turizmni yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.
Joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida rossiyalik ziyoratchilarning O‘zbekistonga sayohati ko‘zda tutilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati