O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi.
Davlatimiz rahbari dastlab Agra shahriga tashrif buyurdi. O‘zbekiston delegatsiyasi aeroportda tantanali kutib olindi.
Prezidentimiz bu yerda jahonga mashhur Toj mahal obidasini borib ko‘radi.
Davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar ertaga Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadi.