Dushanbe shahrida MDH sammiti boshlandi.
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Koxi somon saroyida bugun, 28 sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi.
Unda nutq so‘zlagan Prezidentimiz jahonda jadal o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi zarurligini, ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.
O‘tgan yil O‘zbekistonning MDHdagi faoliyatida yangi bosqich bo‘ldi. Mamlakatimiz Hamdo‘stlikning iqtisodiyot, energetika, fan va innovatsiyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarni qamrab olgan 10 dan ortiq tarmoq organlariga qo‘shildi. Joriy yil boshidan O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi jadal o‘smoqda.
Mamlakatimiz tashabbuslari MDH mintaqasida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Sammitda Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston 2020 yilda MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisini o‘tkazishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV