BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 25 sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasi minbarida O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholadi.
“O‘zbekistonda tinchlik yo‘li bilan hokimiyat almashganidan keyin Markaziy Osiyodagi davlatlarning do‘stligiga shaxsan o‘zim guvoh bo‘ldim“, deya o‘z fikrlarini aytib o‘tgan Antoniu Guterrish.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 73-sessiyasi 18 sentyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida o‘z ishini boshlagan. Unda jahon davlatlarining rahbarlari va vakillari nutq so‘zlamoqda.
O‘MI Matbuot xizmati
Shu yil 3-7 yanvar kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 237 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.
O‘quv-mashg‘ulotlari maxsus reja va dars jadvali asosida bo‘lib o‘tdi. Darslar zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol uslublar yordamida o‘tildi. Unga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmalari, yurtimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan ma’ruzachilar taklif qilindi.
Malaka oshirish davomida pedagog-o‘qituvchilarning davlat va din munosabatlari, o‘quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishda bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, talabalar orasida mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati