Nishonga urilgan gaplar – 3
26.09.2018
6178
1 min.
Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan so‘zlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarning bir qator fikrlari ham berilgan.
Mahshardagi kunni unutmaylik!
- Jon berish achchig‘i bor.
- Qabr bor.
- Qo‘lida gurzi ko‘targan Munkar va Nakirning savoli bor.
- Oxirat bor.
- Hisob-kitob bor.
- Quyosh issig‘ida uzoq muddat hisobni kutish bor.
- Savollarga javob berish bor.
- Do‘zax ustidagi Sirotdan o‘tish bor.
- Hamma Jannatga kirishni istaydi. Lekin hech kim o‘lishni istamaydi.
Jo Luis
- Ba’zilar bilan suhbatlashsang, vaqt tez o‘tayotgandek, ayrimlar bilan suhbatlashsang, vaqt o‘tmayotgandek tuyuladi.
- Qushlarning yuraklarida qo‘rquv uyg‘otib yubormaslikni eng ko‘p istovchi kishi — ovchidir!
«Tarix muxrlagan so‘zlar»
- Erkak kishida faqat kuch-quvvat emas, aql ham bo‘lishi kerak.
(Davomi bor...)
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING