O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2018 yil 10 sentyabrdagi 01A/092-sonli “Eng ma’rifatli imom” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘iga binoan Samarqand viloyatidagi mavjud masjid imom xatiblari va imom noiblari o‘rtasida 2018 yilning 17-20 sentyabr kunlari tanlovning birinchi (shahar va tuman) bosqichi yuqori saviyalarda o‘tkazildi.
Ko‘rik tanlov ishtirokchilari tanlov jarayonida hakamlar tomonidan qur’oni karim oyatlarini tarjima va nozil bo‘lish sababliri, Fiqhul Akbar kitobini o‘qib tarjima va izohlab berish va fiqhiy masalalar yuzasidan berilgan savollarga javob berdilar.
Quyidagi masjid imom xatib va imom noiblari ushbu kunlar mobaynida hakamlar hay’ati tomonidan berilgan savollarga to‘g‘ri va mazmunli javob berib, sovrinli o‘rinlarni (1-2-3 o‘rin) qo‘lga kiritdilar:
Samarqand shahridan birinchi o‘rinni “Lahutiy” jome masjidi imom xatibi Umirqulov O‘tkir, ikkinchi o‘rinni “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi imom xatibi Maxmudov Zafar, uchinchi o‘rinni “Xo‘ja Nisbatdor” jome masjidi imom xatibi Boboxonov Boboxon.
Samarqand tumanidan birinchi o‘rinni “Imom A’zam” jome masjidi imom xatibi Mirzoaxmedov Xusen, ikkinchi o‘rinni “Yangimasjid” jome masjidi imom xatibi Muxiddinov Xalim, uchinchi o‘rinni “Imom A’zam” jome masjidi imom noibi Ro‘ziyev Ibroxim.
Tayloq tumanidan birinchi o‘rinni “Gadoy Qushchi” jome masjidi imom xatibi Ibodullayev Ibrohim, ikkinchi o‘rinni “Bog‘izag‘on” jome masjidi imom xatibi Jalolov Nurali, uchinchi o‘rinni “Xo‘ja Sakko” jome masjidi imom xatibi Norbo‘tayev Jonibek.
Narpay tumanidan birinchi o‘rinni “Dedan” jome masjidi imom xatibi Ro‘ziyev Feruz, ikkinchi o‘rinni “Eshonbobo” jome masjidi imom xatibi Egamberdiyev Ahmad, uchinchi o‘rinni “Salovat ota” jome masjidi imom xatibi Musayev Nurbek.
Paxtachi tumanidan birinchi o‘rinni “Xo‘ja Ziyovuddin” jome masjidi imom xatibi Amrullayev Isroil, ikkinchi o‘rinni “Xatib bobo” jome masjidi imom xatibi Boqiyev Elbek, uchinchi o‘rinni “Bolg‘ali” jome masjidi imom xatibi Berdiyev Muzaffar.
Bulung‘ur tumanidan birinchi o‘rinni “Amir Hamza” jome masjidi imom noibi Ravshanov Olouddin, ikkinchi o‘rinni “G‘ishtli ota” jome masjidi imom xatibi Kuliyev Xolmamat, uchinchi o‘rinni “Poygatepa” jome masjidi imom xatibi Tashmurodov Ashraf.
Jomboy tumanidan birinchi o‘rinni “Ushuntepa” jome masjidi imom xatibi Xidirov Islom, ikkinchi o‘rinni “Ibrohim ota” jome masjidi imom xatibi Axmedov Anvar, uchinchi o‘rinni “Shayx Xudoydodi Vali” jome masjidi imom xatibi Nazarov Furqat.
Ishtixon tumanidan birinchi o‘rinni “Oqqo‘rg‘on” jome masjidi imom xatibi Qo‘ldoshov Bobomurod, ikkinchi o‘rinni “Boylata” jome masjidi imom xatibi To‘xtayev Eshmamat, uchinchi o‘rinni “Zarband” jome masjidi imom xatibi Rabbimov Mansur.
Qo‘shrabot tumanidan birinchi o‘rinni “Domla Omonulla” jome masjidi imom xatibi Abiyev G‘ani, ikkinchi o‘rinni “G‘oyib ota” jome masjidi imom xatibi To‘xtashov Sobir, uchinchi o‘rinni “Jo‘sh ota” jome masjidi imom xatibi Norov Furqat.
Oqdaryo tumanidan birinchi o‘rinni “Qum” jome masjidi imom xatibi Ergashev Rustam, ikkinchi o‘rinni “Pichoqchi” jome masjidi imom xatibi Isroilov Zafar, uchinchi o‘rinni “Yangiqo‘rg‘on” jome masjidi imom xatibi G‘oyibov Otabek.
Payariq tumanidan birinchi o‘rinni “Mulla To‘raxon” jome masjidi imom xatibi Rustamov Maqsudjon, ikkinchi o‘rinni “Olimshayx” jome masjidi imom xatibi Alimov Anvar, uchinchi o‘rinni “Said Nuriddinxo‘ja” jome masjidi imom xatibi Bo‘ranov Maqsudjon.
Pastdarg‘om tumanidan birinchi o‘rinni “Salim ota” jome masjidi imom xatibi Hojiqurbonov Lutfullo, ikkinchi o‘rinni “Mirsaid Baraka” jome masjidi imom xatibi Yo‘ldoshov Asadullo, uchinchi o‘rinni “Eski Juma” jome masjidi imom xatibi Abdiyev Sirojiddin.
Nurobod tumanidan birinchi o‘rinni “Baxouddin Naqshband” jome masjidi imom xatibi Ravshanov Rafael, ikkinchi o‘rinni “Hazrati Ali” jome masjidi imom xatibi Jo‘rayev Muhiddin, uchinchi o‘rinni “Ulus ota” jome masjidi imom xatibi To‘lanov Uchqun.
Urgut tumanidan birinchi o‘rinni “Ahmad Yassaviy 2” jome masjidi imom noibi Qorayev Aminjon, ikkinchi o‘rinni “G‘ovsul A’zam” jome masjidi imom xatibi Isayev To‘lqin, uchinchi o‘rinni “Soy G‘o‘s” jome masjidi imom xatibi Ormonov Xudoydod.
Kattaqo‘rg‘on tumanidan birinchi o‘rinni “Yangi Ravot” jome masjidi imom xatibi Bohodirov Faxriddin, ikkinchi o‘rinni “Xo‘ja Jarroh” jome masjidi imom xatibi Shamsiddinov Sirojiddin, uchinchi o‘rinni «Valijon» jome masjidi imom xatibi Kadirov Usmon.
Kattaqo‘rg‘on shahridan birinchi o‘rinni “Tegirmonboshi” jome masjidi imom xatibi Mamasoliyev Nurbek, ikkinchi o‘rinni “Qoriravot” jome masjidi imom xatibi Ro‘ziyev Saydullo, uchinchi o‘rinni “Muhammad Naqibbek” jome masjidi imom xatibi Nazarov Anvarlar qo‘lga kiritdilar.
Shu bilan “Eng ma’rifatli imom" ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi nihoyasiga yetdi. Mazkur ko‘rik tanlovning ikkinchi bosqichi 2018 yil oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
O‘MI Matbuot xizmati
Savol: Biz tomonlarda o‘g‘il farzand uchun qilinadigan sunnat (xatna) to‘yiga kelinning otasi yoki aka-ukalari so‘qim (so‘yiladigan qoramol) olib borishlari shartdek bo‘lib qolgan. Hatto bu narsa kelin tarafdagilarning burchi degan tushuncha ham bor. Shuning uchun ayrim hollarda ba’zi otalar nevarasini sunnat to‘yiga yerini sotish yoki katta qarzlarni olishgacha majbur bo‘layapti. Shu ishlar dinimizda bormi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizda xatnani bor ekanligi barchaga ma’lum va bu uchun ziyofat qilib berish ham bor. Ammo bu narsa farz yoki vojib, hatto sunnat ham emas, balki u ayrim sahobiylarning shunchaki odati bo‘lgan. Lekin u hozirgi kunda avj olgandek bema’ni dabdabozlik bilan emas, balki tor doirada kamtarona dasturxon yozib o‘tkazilgan.
Demak, aslida sunnat ham bo‘lmagan ushbu “to‘y”ga so‘qim olib kelish qiz tomonning burchi deyish mantiqsiz ekani ko‘rinib turibdi. Buni johilona hoyu havas ortidan paydo bo‘lgan xurofot desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Aynan mana shunaqa tayini yo‘q “majburiyat”lar tufayli qanchadan-qancha oilalar jabr ko‘ryapti va hatto ayrim oilalar “so‘qim qilinmagani yoki olib kelingan so‘qimning kichkinaligi” sababidan buzilib ketishgacha ham bormoqda.
Dinimizda hadya ulashishga targ‘ib qilingan. Ammo bu chin yurakdan hamda beruvchiga malol kelmasdan amalga oshirilishi kerak.
Shunday ekan, kuyov tomonga yuboriladigan novvoslarni hadya deb bo‘lmaydi. Chunki bu narsa oshkora yoki zimdan qilingan talab yoki kelin tomonning odamlardan uyalib yoxud “qizim xijolat bo‘lmasin”, deb qiladigan “sovg‘asi” bo‘ladi. Kuyov tomonning kelin tomonga bunday talablar qo‘yishi katta xato va gunoh sanaladi. Qolaversa, chin ko‘ngildan berilmagan narsani yeyish ham shubhali hisoblanadi. Zero Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
لا يحل مال امرئ مسلم الا عن طيب نفسه رواه احمد
“Musulmon kishining moli boshqaga halol emas, faqatgina o‘zi rozi bo‘lib, ko‘nglidan chiqarib bersagina, halol bo‘ladi” (Imom Ahmad rivoyati).
Shunday ekan, bunday ishga chek qo‘yish lozim. Agar qilmoqchi bo‘lsalar, kuyov tomon imkoni darajasida o‘zlari qilsinlar. Agar imkonlari bo‘lmasa, qaynotani zimmasiga yuklamasliklari lozim. Imkon bo‘lmagani uchun bu kabi ehsonni qila olmasa, gunohkor bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.