Birlashgan Millatlar Tashkiloti joriy yilning sentyabr oyida Rohinja musulmonlarining Bangladesh hududiga ko‘chib o‘tishi oqibatida yirik ekologik muammr yuza kelgani haqida ma’ruzani e’lon qildi. Bunga ko‘ra, etnik guruhning millionlab vakillarining Bangladesh markazidagi Koks-bozor shahri yaqiniga kelib joylashishi oqibatida atrof-muhitga ulkan zarar yetgani aytilmoqda.
Hisobotda ularning ko‘chishi yetti yo‘nalishda zarar keltirayotgani aytilgan. Bular:
- qochoqlar hayot kechirishi va uy qurishi uchun oyiga o‘rtacha 6800 tonna yog‘och kerak. Shu sabab 4300 akr maydondagi mahalliy o‘rmonlar kesib tashlangan. Bu esa Bangladesh o‘rmonlarining yo‘qolib ketishiga olib kelishi mumkin;
- Qochoqlar lagerida o‘rnatilgan nayli quvurlar grunt suvlari ifloslanishiga sabab bo‘lgan. Bu esa ko‘chkilarga sabab bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati