Rossiyaning go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Saritsino” korxonasi iste’molchilarni aldagani uchun 100 ming rubl jarimaga tortildi. Bu haqda Rossiya musulmonlar diniy idorasiga tayanib Azon internet nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, korxonaning “halol” yorlig‘i bilan sotilgan sosiska va kolbasalariga aslida cho‘chqa go‘shti qo‘shilgan bo‘lgan. Mahsulotlarning yorlig‘ida esa bu haqda hech qanday ma’lumot ko‘rsatilmagan.
“Saritsino” korxonasi “halol” sertifkatini Qozon shahrida joylashgan “Halol” auditi va nazorati markazi” deb ataluvchi xususiy firmadan olgan, bu firmaning Musulmonlar idorasiga hech qanday aloqasi yo‘q.
O‘MI Matbuot xizmati