2018 yilning 13 sentyabr kuni O‘MIning Andijon viloyati vakilligi majlislar zalida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi N.Holiqnazarov ishtirokida Andijon “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri M.Alimov boshchiligidagi barcha mudarris va talabalar ishtirokida ochiq muloqot tarzida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida so‘z olgan bilm yurti mudiri M.Alimov va N.Holiqnazarovlar 2018 yilning 12-sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov hazratlari raisligida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha masjid imom-xatiblari, diniy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan video selektor yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar, bilim yurtida talabalarni bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odoblari yuzasidan suhbat qilib berdilar.
“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti xodimi
Qahramonjon Israilov
O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Imom Molik Sa’id ibn Musayyibdan rivoyat qiladi:
«Bir musulmon va bir yahudiy xusumatlashib, Umar roziyallohu anhuning huzuriga kelishdi. Yahudiy haq bo‘lib chiqdi. Umar uning foydasiga hukm chiqardi. Shunda yahudiy unga:
«Allohga qasamki, haq ila hukm chiqarding», dedi.
«Sen qayerdan bilding?» dedi Umar, uni darra ila urib.
«Biz Tavrotda: «Qaysi qozi haq ila hukm chiqarsa, albatta, o‘ng tomonida bitta, chap tomonida bitta farishta uni quvvatlab turadi. Modomiki, u haqda ekan, ishini to‘g‘rilab ham turadilar. Qachon haqni tark qilsa, ular ham uni tark qilib, ko‘tariladilar», deyilganligini topamiz», dedi».
Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning ilohiy adolat ummonidan suv ichgan adolatlarini ko‘rgandan keyin, undan bahramand bo‘lgandan keyin yahudiy ham erib ketib, musulmonlar xalifasini alqashga o‘tgan. U yahudiylarning boshqalardan berkitib yuradigan kitoblari, ya’ni Tavrotdagi haqiqatni Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning hukmida ko‘rganligini e’tirof etgan.
Ha, hazrati Umar roziyallohu anhuning Islom jamiyati rahbari sifatida olib borgan ishlariga butun dunyo qoyil qolgan va haligacha qoyil qolib kelmoqda.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bunga o‘xshash adolatli ishlarni tashviqot uchun qilmas edilar. Balki buni vazifa, Alloh taolo oldidagi burch, deb his etganlaridan qilar edilar. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, har bir odam u kishi uchun Alloh taolo nozil qilgan shariat hukmi oldida barobar edi. Musulmonmi, zimmiymi yoki boshqami, hazrati Umar uchun baribir edi. Haq kim tarafda bo‘lsa, hukm o‘shaning foydasiga chiqarilar edi.
«Hadis va hayot» kitobining 23-juzidan olindi