frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Birovning haqqi

21.09.2018   19419   1 min.
Birovning haqqi

Bir kuni hazrati Ali Fotimani tushlarida ko‘rsalar, u jannat eshigida turganmish. Hazrati Ali:-«Ey Fotima, nega jannatga kirmay turibsan?»-deb so‘radilar.
Fotimai Zahro onamiz dedilar; -«Qandoq kiray hali jannatga ruxsat yo‘q: sababi-bir kishining haqi bo‘ynimda ekan. Yo Ali, qo‘shni xotindan tikish uchun bir ignani so‘rab olgan edim, qaytarib berishni unutibman. O‘sha ignani tezda egasiga qaytarib bering –o‘shandagina men jannatga kiraman». Yana bir tush ko‘rdilar-qarasalar,Fotima roziyallohu anho onamiz jannatda bir baland taxt ustida o‘tiribdilar. Oldilarida hurlar saf-saf bo‘lib, qo‘l qovushtirib turgan ekanlar.
Qaranglar azizlarim bir tasavvur qilaylik Fotima  roziyallohu anho onamizday zot Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qizlari bitta igna uchun qanchalik tashvishda, edilar. Bir o‘zimizning holatimizga e’tibor beraylik, tez boyishlik uchun va yoki maqsadlarimizga erishishlik uchun yor-u birodarlarimizdan aka-ukalarimizdan tog‘alarimizdan yoki eng yaqin do‘stlarimizdan, biror narsa olyabmiz-u lekin qaytarib berishga kelganda dunyo ko‘zimizga ko‘rinib ketmoqda, alal oqibat Alloh bog‘lagan silai rahm arqonini uzilishiga sabab bo‘lmoqda. Alloh barchalarimizni birovning haqiga hiyonat qilishdan saqlasin omin.

«Yunusobod» jome masjidi imom-xatibi U. Usmonov

O‘MI Matbuot xizmati

manba

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

15.09.2026   37085   1 min.
Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

Bugun, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi va xalqaro anjumanning nufuzli ishtirokchilarini qabul qildi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon yetakchisiga Davlatimiz Rahbarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Uchrashuvda qardosh davlat Rahbari nutq so‘zlab, xalqaro anjumanlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.

Turkiy davlatlar yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar hamda diniy-ma’rifiy jabhalarda hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu ezgu sa’y-harakatlar Diniy idoralar rahbarlarining mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash hamda zamonning dolzarb masalalari bo‘yicha mushtarak fatvo va bayonotlar qabul qilishda muhim poydevor bo‘layotgani qayd etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari