Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyul, 2025   |   24 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:27
Quyosh
05:06
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:56
Xufton
21:27
Bismillah
19 Iyul, 2025, 24 Muharram, 1447

Sahardan shomgacha rahmat bo‘ladi

20.09.2018   4321   1 min.
Sahardan shomgacha rahmat bo‘ladi

Yerdan samogacha savob bo‘ladi,

Munkar-Nakirlarga javob bo‘ladi,

Boshdan oyoqqacha nurga to‘ladi,

Imkon bormi, yoddan chiqarmang buni,

Ro‘za tuting, muborak – Ashuro kuni.

 

Iblisning qomati yetti bukilgay,

Tog‘dek gunohlar ham duv-duv to‘kilgay,

Malaklar tarafdan salom o‘qilgay,

Imkon bormi, yoddan chiqarmang buni,

Ro‘za tuting, muborak – Ashuro kuni.

 

Ezilgan qalblarga darmon bo‘ladi,

Mahsharda do‘zaxga qalqon bo‘ladi,

Firdavs jannatiga sarbon bo‘ladi,

Imkon bormi, yoddan chiqarmang buni,

Ro‘za tuting, muborak – Ashuro kuni.

 

Ro‘za ruhiyatni sayqal etadi,

Har bitta yaxshilik Haqqa yetadi,

Ko‘z ochib-yumguncha o‘tib-ketadi,

Imkon bormi, yoddan chiqarmang buni,

Ro‘za tuting, muborak – Ashuro kuni.

 

Sahardan shomgacha rahmat bo‘ladi,

Hurlarning qo‘lida sharbat bo‘ladi,

Eng oliy mukofot – jannat bo‘ladi,

Imkon bormi, yoddan chiqarmang buni,

Ro‘za tuting, muborak – Ashuro kuni.

 

Ro‘za – ruh shifosi, tig‘siz davodir,

Savobdan mosuvo shaksiz, gadodir,

«Ochlik – illat» demoq, ayni xatodir,

Imkon bormi, yoddan chiqarmang buni,

Ro‘za tuting, muborak – Ashuro kuni.

 

Erkin QUDRATOV,

Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

“Rasululloh, sizga salavot qanday aytiladi?”

16.07.2025   6857   1 min.
“Rasululloh, sizga salavot qanday aytiladi?”

حدثنا عباس الدوري نا محمد بن بشر العبدي نا مجمع بن يحيى عن عثمان بن موهب عن موسى بن طلحة عن طلحة قال: قلت: يا رسول الله كيف الصلاة عليك ؟ قال: قل :اللهم صل على محمد كما صليت على إبراهيم إنك حميد مجيد وبارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على إبراهيم إنك حميد مجيد.

Muso ibn Talha roziyallohu anhu Talha roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Yo Allohning Rasuli, sizga salavot qanday aytiladi?” deb so‘radim.

U zot alayhissalom: “Allohumma solli ’alaa Muhammadin kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd. Va baarik ’alaa Muhammadin va ’alaa aali Muhammadin, kamaa baarakta ’alaa Ibrohiyma innaka hamiydun majiyd”, deb ayt”, dedilar.

Salavotning ma’nosi: “Allohim! Ibrohimga salavot yo‘llaganingdek, Muhammadga ham salavot yo‘llagin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan. Ibrohimga barakot berganingdek, Muhammad va Muhammadning oilasiga ham barakot bergin. Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug‘vor Zotsan”.


Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD