Bir kambag‘al dehqon to‘plagan pullariga eshak sotib oladi. Uni bog‘lab qo‘yay desa arqon topa olmaydi. Qo‘shnisini eshigini taqqilatadi. Qo‘shni chiqib:
-Menda ham arqon yo‘q edi. Biroq bir maslahat beraman, dedi.
-Mayli, ayting.
-Eshagingizni bo‘ynidan qo‘lingizni o‘tkazib bog‘lagandek harakat qiling. Shunda u hech qayerga siljimaydi. Dehqon qo‘shni aytgandek qildi. Ertasiga chiqib qarasa eshak joyida turgan emish. Uni minib, ishiga bormoqchi edi. Eshakni joyidan bir qadam ham siljita olmadi. Qancha hvrakat qildi, lekin foydasi bo‘lmadi. Yana qo‘shnisini yorgamga chorladi. Qo‘shniga bo‘lgan ishlarni aytib berdi. Qo‘shni dedi:
-Bog‘lagan arqoningni yechdingmi?
-Nima bog‘labmanki uni yechsam. U yerda hech narsa yo‘q-ku bog‘langan?!
-Seningcha yo‘q. Ammo u bor deb o‘ylamoqda. Dehqon borib ko‘rinmas arqonni yechgan edi, eshak yura boshladi.
Xulosa
Odamlar odatlarga shunday ko‘rinmas arqon bilan bog‘langandir.
muslimun.uz
H. Sulaymonov
Ko‘pincha dengiz sathi tashqaridan qaragan kishiga go‘yoki ipakdan to‘qilgan mayin gilamni to‘shab qo‘ygandek, tinch va sokin ko‘rinadi...
Lekin o‘sha tinch va sokindek ko‘rinayotgan aldamchi manzara ostida tinimsiz kurash, hayot va mamot to‘qnashuvlari, halokatli nidolar yashirinib yotadi. Dengiz qa’rida kitlar, akulalar, ilonlar va suvsarlar suzib yuradi, bir-birlarini o‘ljaga aylantirish maqsadida tinimsiz ta’qib qiladilar.
Xuddi shu kabi sizning yuzingiz ham oyna qarshisida tinch, mehrli va musaffo ko‘rinadi. Ammo tanangizni ichida esa, xujayralar g‘alayon qiladi, nafs xohishlari alanga oladi, g‘arizalar avj oladi va adovatlar olovlanadi.
Agar siz dengizdagi o‘sha maxluqlar jang qilayotgan chegaralardan o‘tib, dengizning ulardanda qa’riga yetib borsangiz, u yerda sukunat hukmron ekanligini, sadaflar, marvaridlar va marjonlar yashayotganini ko‘rasiz.
Xuddi shuningdek, tanangizda ham agar nafsoniy hirslar hukmronlik qilayotgan chegaradan o‘tib olib, ruhiyat hududiga yetib borsangiz, u yerda sakinat topasiz, hikmat ziyosining nuridan bahra olasiz, Parvardigorning huzuridan oqib chiqayotgan muhabbat bulog‘idan qonasiz.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV