Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Nuriymon Abulhasan Masjid ul-Haromning imomi, asli O‘zbekistonlik shayx Hasan al-Buxoriy bilan uchrashdi

12.09.2018   3394   2 min.
Nuriymon Abulhasan Masjid ul-Haromning imomi, asli O‘zbekistonlik shayx Hasan al-Buxoriy bilan uchrashdi
Bu yilgi Haj mavsumi xushxabarlarga boy bo‘ldi. Ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan qator qo‘lyozmalarning yurtga qaytarilish jarayonining boshlanishi, shayx Said Bekdoshning O‘zbekistonga taklif etilishi va ular tomonidan nashrga tayyorlangan Burhoniddin Marg‘inoniy qalamiga mansub “Hidoya” asarining yurtimizda chop etilishi yuzasidan kelishuvga erishilishi, Movarounnahr vaqflari qo‘mitasi raisi bilan olib borilgan muzokaralar va boshqa xayrli ishlar xalqimiz qalbiga ulkan quvonch olib kirdi.
 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, “Haj-2018“ mavsumining ishchi guruh rahbari Nuriymon Abulhasan Masjid ul-Harom imomlaridan biri asli andijonlik, shayx Hasan al-Buxoriy bilan uchrashdi. 
 
Shayx mehmonlarni yuksak ehtirom bilan kutib olib, “Ajdodlarim Vatani O‘zbekistonni hali ziyorat qilolmagan bo‘lsam-da, undagi o‘zgarishlardan xabardorman”, deb ta’kidlab o‘tdi. Xususan, O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilgan Qur’on musobaqasi tadbiridan mamnun ekanligi, musobaqa tashkilotchilari va ishtirokchilarining ishlarini yuqori baholanishi, albatta ularning haqlariga duolar qilishini aytdi. 
 
Bundan tashqari, Masjid ul-Harom imom-xatibi shayx Faysal G‘azzaviy ham ulamolar yurti, deya tanilgan O‘zbekistonlik mehmonlarni yuksak ehtirom bilan o‘z xonadoniga taklif etdi. Shayx xonadonidagi suhbat ajdodlarimizning hayoti va ijodi, tariximizning islom va arab dunyosiga ta’siri hamda O‘zbekistondagi o‘zgarishlar haqida bo‘ldi. Ayniqsa, O‘zbekistonda hadis markaziga asos solinayotgani shayx Faysalni juda ham quvontirdi.
 
“Buyuk ajdodlar yurti islom olamida o‘zining oldingi yuksak mavqeiga qaytishi uchun ikki nuqtaga e’tibor qaratmog‘i lozim: ta’lim va tarbiyaga. Bu ikkisi ikki qanotdek bo‘lib, birisiz boshqasi foydasiz bo‘ladi” – dedi shayx Faysal al-G‘azzaviy.
 
Ikki uchrashuv yakunida Nuriymon Abulhasan Masjid ul-Harom imom-xatibi shayx Faysal-Gazzaviy va shayx Hasan al-Buxoriyni O‘zbekistonga taklif qildi. Ikki shayx kelgusi Qur’on musobaqalari paytida yurtimizni ziyorat qilish istagida ekanligini bildirdi. Ular yurtimiz mutasaddilari va xalqimizni Masjid ul-Haromda duolar qilishini aytdi.
 
Muxtasar qilib aytganda, bu yilgi “Haj-2018“ mavsumi, yurtimiz va xalqimiz kelajagi uchun juda foydali kelishuvlarning boshlanishi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.
 
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
matbuot xizmati
 

 

O‘zA
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Subhanalloh” nima degani?

21.07.2025   4716   1 min.
“Subhanalloh” nima degani?

حدثنا أبو جعفر محمد بن علي الوراق نا عبيد الله بن محمد أبو محمد القرشي التيمي نا عبد الرحمن بن حماد نا حفص بن سليمان أنا طلحة بن يحيى بن طلحة عن أبيه عن طلحة بن عبيد الله قال: سألت رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم عن تفسير سبحان الله قال: فقال: هو تنزيه الله عن كل سوء.

 

Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamdan “Subhanalloh”ning tafsiri haqida so‘radim. U zot alayhissalom: “U Alloh taoloni har qanday nopoklikdan poklashdir”, dedilar”.

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD