Yurtimizda turli sohalarda bo‘lgani singari diniy-ma’rifiy sohada ham ulkan o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Yurtimiz musulmonlarining Qur’oni karimni va uni o‘rganish tili bo‘lgan arab tilidan tahsil olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida pullik kurslar tashkil etilgan edi.
Kecha, 11 sentyabr kuni «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurtida «Qur’oni Karim va tajvid» kurslarining dastlabki bosqichi mashg‘ulotlari yakunlandi.
Mazkur bosqich tinglovchilariga bilim yurti tomonidan «Qur’oni Karim va tajvid kursi»ni yakunlaganini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.
O‘MI Matbuot xizmati
Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi. Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.
Abduvohid domla Ahmadaliyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi.