Sayt test holatida ishlamoqda!
11 May, 2025   |   13 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:09
Peshin
12:24
Asr
17:22
Shom
19:34
Xufton
21:01
Bismillah
11 May, 2025, 13 Zulqa`da, 1446

Sadaqa bermoqning fazilati

07.09.2018   4036   6 min.
Sadaqa bermoqning fazilati

Ma’lumki, dinimiz insoniyatni har doim yaxshilikka chaqirib kelgan. Ayniqsa, bandalarning o‘zaro munosabatlarida ham hamisha yaxshilik qilishga chorlaydi. Sadaqa ham shunday xayrli ishlardan biri bo‘lib, u ma’naviy yoki moddiy bo‘lishi mumkin. Hazrati Ali (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomdan shunday rivoyat qiladilar:

قال النبى عليه السلام الصدقة اذاخرجت من يدصاجها تقع بين يدى الله قبل ان تدخل فى يدالسائل فتتكلم بحمس كلمات فتقول كنت صغيرا فكبر تنى و كنت قليلا فكثرتنى و كنت عدوا فاحببتنى و كنت فانيا فابفيتنى و كنت حاريسى فا الان صرت حارسك

ya’ni, Payg‘ambar alayhissalom aytdilarki, sadaqa bergan kishining sadaqasi qo‘lidan chiqqandan so‘ng so‘rovchining qo‘liga yetmasdan avval Allohu taolo huzuriga yetib, sadaqa bergan kishiga xitob qilib, beshta so‘z aytar ekan. Birinchi so‘zi: “Ey saxiy, men kichik edim, sen meni katta qilding”. Ikkinchi so‘zi: ”Ey saxiy, men kam edim, sen meni ko‘p qilding”. Uchinchi so‘zi: “Ey saxiy, men senga dushman edim, sen meni o‘zingga do‘st qilding”. To‘rtinchi so‘zi: “Ey saxiy, men fano (yo‘q) bo‘lar edim, seni boqiy va barqaror qilding”. Beshinchi so‘zi: “Sen menga qo‘riqchi va posbonlik qilarsan!”.

Ja’far ibn Muhammad (r.a.) ham bunga doir bir rivoyat keltirgan ekanlar. Uning mazmuni quyidagicha:

– Bir kuni hazrati Ali karramallohu vajhahu Payg‘ambar alayhissalomning xizmatlaridan chiqib, o‘z uylariga qaytib keldilar. Qarasalar, Fotimai Zahro yung va tivitni charxda yigirib, ip qilib o‘tirgan ekanlar. Salmoni Forsiy (r.a.) uni to‘qib o‘tiribdilar. Shunda hazrati Ali karramallohu vajhahu Fotimai Zahroga qarab:

– Ey sayyidat un-niso,1 taomingiz bormi? – deb so‘radilar.

Hazrati Fotimai Zahro:

– Vallohi, hech narsa yo‘q, faqat mana bu olti tanga pul bor, Salmoni Forsiyga yung va tivit yigirib bergan edim, haqiga berdilar. hozir Imom Hasan va Imom Husayn uchun taom oldirmoq qasdida turgan edim, – dedilar.

Hazrati Ali olti tangani olib, bozorga chiqib ketayotib, yo‘lda bir odamni ko‘rib qoldilar.

U odam:

− Alloh taologa biror narsani qarz beradigan odam bormi? – deb tilanar edi.

Hazrati Ali karramallohu vajhahu o‘sha olti tangani Alloh taolo uchun o‘sha odamga sadaqa qilib berdilar. Uylariga hech narsa ola olmay bordilar. Fotimai Zahro hazrati Alini ko‘rib yig‘lab yubordilar. Hazrati Ali:

− Ey Fotima, nima uchun yig‘layapsiz? – deb so‘radilar.

Hazrati Fotimai Zahro:

− Ey, Abo Hasan1, qo‘lingizda hech qanday yemish ko‘rinmadi, farzandlarimizning och qolganiga toqat qilolmay yig‘layapman, – dedilar.

Hazrati Ali:

− Ey Fotima, pulimni Alloh taologa qarz berib keldim, inshoalloh, yaqin fursatda qaytib bersa kerak, – dedilar.

Hazrati Fotima:

− Men ham bildim va bunga sabr qildim, – dedilar.

Hazrati Ali karramallohu vajhahu Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga bormoqni ixtiyor qilib turgan edilar, yo‘lda bir a’robiyni ko‘rib qoldilar. A’robiy bir tuyani yetaklab kelar edi. Hazrati Alini ko‘rib:

− Ey Ali, ushbu tuyani sotmoqchiman, oling, – dedi.

Hazrati Ali:

− Pulim yo‘q, – dedilar.

A’robiy:

− Nasiyaga bo‘lsa ham sotaman, oling, – dedi.

Hazrati Ali (r.a.):

− Pulim yo‘q, − dedilar

A’robiy:

− Nasyaga bo‘lsa ham sotaman, oling, – dedi.

Hazrati Ali (r.a.) rozi bo‘lib, bahosi qancha ekanligini so‘radilar.

− Yuz tanga, – dedi a’robiy.

Hazrati Ali ham bu bahoga rozi bo‘lib, sotib oldilar. A’robiy tuyani berib ketdi. Shundan so‘ng, yana bir a’robiy kelib, tuyaga xaridor bo‘ldi va bahosini so‘radi.

− Uch yuz tanga, – dedilar hazrati Ali.

A’robiy rozi bo‘lib, uch yuz tangani sanab berib, tuyani olib ketdi.

Hazrati Ali karramallohu vajhahu hazrati Fotimai Zahroning oldilariga uch yuz tangani ko‘tarib keldilar. Hazrati Fotimai Zahro buni ko‘rib, tabassum qilib:

– Yo Abo Hasan, qo‘lingizdagi nima? – deb so‘radilar.

Hazrati Ali bir tuyani yuz tanga nasiyaga olib, uch yuz tanga naqdga sotganini aytib bergan edilar, hazrati Fotimai Zahro: «Men ham shunday deb fahmlagan edim” – dedilar.

Shundan so‘ng, hazrati Ali (r.a.) hazrati Payg‘ambar alayhissalomning xizmatlariga borgan edilar, Payg‘ambar alayhissalom tabassum qilib:

− Yo Ali, o‘tgan voqeani men sizga bayon qilayinmi, yo siz menga bayon qilasizmi? – dedilar.

Hazrati Ali (r.a.) ta’zim bilan:

− Yo Rasulalloh, janobingiz menga bayon qiling, – dedilar.

Payg‘ambar alayhissalom:

− Yo Ali, sizga bir tuyani olib kelib, yuz tanga nasiyaga sotgan a’robiy kim edi-yu, uch yuz tanga naqdga sotib olgan a’robiy kim edi, bildingizmi? – deb so‘radilar.

Hazrati Ali (r.a.):

− Bilmadim, buni Alloh va uning Rasuli bilur, – dedilar.

Payg‘ambar alayhissalom:

− Yo Ali, ishingiz qanday yaxshi bo‘ldi, sizga tahsin va ofarinlar bo‘lsinki, Alloh taologa olti tanga qarz berib, uch yuz tanga qilib oldingiz, har bir tanganing evaziga ellik tangadan to‘g‘ri keldi. Yo Ali, avvalgi a’robiy Jabroil va keyingi a’robiy Mikoil alayhissalom edilar, – deb javob berdilar.

Rivoyatdan ko‘rinadiki, sadaqaning mukofoti faqat oxiratda emas, balki bu dunyoda ham berilar ekan. Demak, har bir musulmon xolis sadaqa berishlikni o‘ziga lozim tutsa dunyo va oxiratda inshoolloh inshoolloh najot topadi.

Xudoyberdi qori Saidov

Toshkent shahar Olmazor tumani

“Ibrohim ota” jome’ masjidi

imom xatibi

1 Sayyidat un-niso – ayollarning sarvari

2 Yo Abo Hasan – ey Hasanning otasi.

 

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Allohim, ne’matlaring va ofiyatda bardavom qil

07.05.2025   5073   1 min.
Allohim, ne’matlaring va ofiyatda bardavom qil

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Tong otganida:

اللهُمَّ إِنِّي أَصْبَحْتُ مِنْكَ فِي نِعْمَةٍ وَعَافِيَةٍ وَسِتْرٍ فَأتِمَّ نِعْمَتَكَ عَلَيَّ وَعَافِيَتَكَ وَسَتْرَكَ فِي الدُّنْيَا وَالآخِرَةِ

"Allohumma inniy asbahtu minka fiy ni’matin va ’afiyatin va sitrin faatimma ni’mataka ’alayya va ’afiyataka va satroka fiddunya val axiroh", deb uch marta va kechqurun uch marta aytgan kishiga Alloh shu duoda kelganidek, hammasini mukammal qilib beradi", dedilar (Ibn Sunniy rivoyati). 

Ma’nosi: Allohim, Sening ne’matingda, ofiyatingda, ayblar yopilgan holda tong ottirdim. Meni dunyoyu oxiratda ne’matda, ofiyatda, ayblar yopilgan holatda bo‘lishimni mukammal qil.