Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Aprel, 2025   |   30 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:57
Quyosh
05:25
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:20
Xufton
20:42
Bismillah
28 Aprel, 2025, 30 Shavvol, 1446

“Vaqf” fondi Tahfizul-Qur’on kafedrasining barcha talabalariga Qur’oni karim tuhfa qildi

06.09.2018   3852   1 min.
“Vaqf” fondi Tahfizul-Qur’on kafedrasining barcha talabalariga Qur’oni karim tuhfa qildi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi 2018-2019 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 6 sentyabr kuni Toshkent Islom institutining “Tahfizul-Qur’on” kafedrasining barcha ustoz va talabalariga yurtimizda nashr etilgan Qur’oni karimdan taqdim etdi.

“Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi” doirasida amalga oshirilayotgan ushbu xayrli tadbirda talabalarga Qur’oni karim bilan birgalikda har bir guruhga bir donadan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub “Tafsiri hilol” kitobi ham berildi.

Vaqf xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari betobligi tufayli kitoblarni kafedra mudiri tarqatdi.

Qayd etish joiz, Toshkent Islom institutining “Tahfizul Qur’on” kafedrasi Qur’oni karimni yodlashga ixtisoslashgan yurtimizdagi yagona oliy dargoh bo‘lib, Jahongir qori Ne’matov kafedra mudiri hisoblanadi.

Ushbu ta’lim maskani Qur’oni karimni 2 oyda yodlab chiqqan va bir kunning o‘zida to‘liq yoddan o‘qib bergan yigitlarni yetishtirib chiqargan dargohdir.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi “Tahfizul Qur’on ” kafedrasi jamoasini yangi o‘quv yili bilan muborakbod etadi! Ushbu dargohdan dini, millati, vatanini yaxshi ko‘ruvchi qori yigitlar chiqishini Alloh taolodan so‘rab qoladi!


VAQF.uzhttps://t.me/vaqfuz

O‘MI Matbuot xizmati


O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Kechiring

28.04.2025   876   1 min.
Kechiring

Musulmon birodaringiz qilgan xatosini tan olib, sizdan uzr so‘rab kelsa, samimiy uzr so‘rayotganiga alomatlar bor bo‘la turib, uning uzrini qabul qilmasligingiz tahrimiy makruh bo‘ladi. Chunki bu vaziyatni o‘zining foydasiga suiste’mol qilish va birodardan yomon gumon qilish bo‘ladi.

Ibn Javdon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim musulmon birodaridan uzr so‘rasa-yu, ammo u qabul qilmasa, unga (nohaq) o‘lpon yig‘uvchining gunohi kabi gunoh bo‘ladi", deganlar.