Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446

Muftiy hazratlari qoraqalpoq diyoridalar

06.09.2018   3897   1 min.
Muftiy hazratlari qoraqalpoq diyoridalar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdilar.
Muftiy hazratlari dastlab Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy nomidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtida ma’naviy-ma’rifiy ishlari bilan tanishdilar, “Mustaqillik kuni” darsini o‘tdilar va talabalar bilan “Ilm olish fazilati” mavzusida suhbatlashdilar.
Uchrashuvda madrasa o‘qituvchisi Jumabek Iskandarov muftiy hazratlariga talabalar bilan dildan suhbatlashgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Tashrif davomida muftiy hazrat Imom Eshon Muhammad jome masjidi yonidan barpo qilingan konferensiya zalida qoziyot tizimidagi masjidlar imom-xatiblari va imom noiblari bilan samimiy muloqot qildi. Muloqot chog‘ida yurtimizdagi islohotlar, barcha sohadagi rivojlanishlar, jumladan, diniy sohadagi imkoniyatlar va o‘zgarishlar aytib o‘tildi. Shular qatori qoraqalpoq diyorida ham katta yangilanishlar yuz berayotgani, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Imom Eshon Muhammad jome masjidining tubdan ta’mirlangani, atrofi obodonlashtirilgani, haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘iga aylangani, imom-xatiblar ishlarida ham o‘zgarishlar bo‘layotgani ta’kidlab o‘tildi.
Amudaryo tumani bosh imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev “Muftiy hazratlarining vaqt ajratib yurtimizga kelishi – qoraqalpoq diyoriga bo‘lgan e’tibori, imom-xatiblar bilan samimiy suhbati diniy soha xodimlarining kuchlariga kuch qo‘shdi”, deb dil izhorini bildirdi.

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Moturidiy ta’limoti bilimdoni” tanlovi boshlandi

07.05.2025   1589   1 min.
“Moturidiy ta’limoti bilimdoni” tanlovi boshlandi

Xabar berganimizdek, bugun Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” intellektual bellashuvining Respublika bosqichi boshlandi.


Musobaqada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalaridagi saralashdan o‘tgan talabalar ishtirok etmoqda.


Tadbir Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.


Bellashuv Imom Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va uni targ‘ib qilishga qaratilgan. Ishtirokchilar moturidiylik ta’limotining asosiy qoidalari va aqidaviy yechimlari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyon etishmoqda.


Bu musobaqa — ilm, ma’rifat va sof e’tiqodni mustahkamlovchi muhim voqelik!

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Buxoro viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

“Moturidiy ta’limoti bilimdoni” tanlovi boshlandi “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” tanlovi boshlandi “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” tanlovi boshlandi “Moturidiy ta’limoti bilimdoni” tanlovi boshlandi
O'zbekiston yangiliklari