“Yerni (Alloh xayrli ishlarga) yaroqli qilib qo'ygandan keyin (unda) buzg'unchilik qilmang!”(A'rof surasi, 56-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:“Alloh pokizadir – pokizalikni sevadi”.
Nabiy alayhissalom:“Uchta joyga: suv o'zanlariga, serqatnov yo'llarga hamda soya-salqin erlarga axlat tashlab, la'natga qolishdan qo'rqinglar”,deganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:“Bir odam yo'lda yurib ketayotib tikanli bir shoxni ko'rib, uni olib tashladi. Shunda Alloh uni taqdirladi va mag'firat qildi”, dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:“Yo'ldan aziyat beruvchi narsani olib tashlashingiz ham – sadaqadir”,deganlar.
Nabiy alayhissalom:“Kim bir o'simlik eksa va meva bersa, Alloh taolo uning mevasi adadicha (savob) beradi”, dedilar.
O'MI Matbuot xizmati