Joriy yilning 4-10 sentyabr kunlari Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida XIV Xalqaro musulmon kinosi festivali bo‘lib o‘tadi.
IslamNews internet nashrining xabar berishicha, festivalda Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Misr, Ispaniya, Italiya, Eron, AQSH, Tojikiston, O‘zbekiston, Yaponiya va boshqa mamlakatlar kino ustalarining asarlari namoyish etiladi. Jumladan, festivalga o‘zbekistonlik rejissyorlar Abduazim Ilhomjonov va Botir Abdurahmonovning “Ona”, Hasan Alijonovning “Akvarium”, Shuhrat Mahmudovning “Sharqdan nur” filmlari taqdim etilgan.
Filmlarni 11 mamlakatdan kelgan 12 nafar hay’at a’zolari baholab boradi.
Bundan tashqari, festival kunlari turli mamlakatlarning kino kunlari o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Festival doirasida Misr kinosi kunlari, Shveysariya sharq kinosi festivali shular jumlasidandir.
O‘MI Matbuot xizmati