Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Toshkent Islom institutida yangi o‘quv yili boshlandi

5.09.2018   3235   2 min.
Toshkent Islom institutida yangi o‘quv yili boshlandi

Joriy yilning 5 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent islom instituti va o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida yangi 2018–2019 o‘quv yili boshlandi.

Yangi o‘quv yilining birinchi darsi O‘zbekiston Respublikasining istiqloliga bag‘ishlangan “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi. Mustaqillik darsida mamlakatimizning istiqlolga erishish jarayonlari, mastabid tuzumdan mustaqillikka erishish davri, bunda xalqimizning jasorati va matonati haqida so‘z yuritildi. Yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasining ahamiyati va roli haqida so‘zlandi.

Xalqimiz o‘zining mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralari xalqimiz matonatining xizmati yuqori ekanini ta’kidladilar.

Muxtasar qilib aytganda, O‘zbek davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratish, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, yurtimizning yorug‘ istiqboli yo‘lida ko‘pmillatli xalqimizni birlashtirish, uni ulug‘ maqsadlar sari boshlab borish haqida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, tashrif buyurgan mehmonlar bugungi kunda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-xotirjamlikni qadriga yetish, yangi o‘quv yilida yangi marralarga erishish, ilm olishda shijoat bilan harakat qilish lozimligi haqida so‘zlab, pand-nasihatlar qildilar.

Shundan so‘ng, Qur’oni karim tilovati hamda duoi fotiha qilindi.








O‘MI Matbuot xizmati

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qilmishlari sababli musibatlar yetar

10.01.2025   1435   1 min.
Qilmishlari sababli musibatlar yetar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va’daga xilof qilmas» (Ra’d surasi, 31 - oyat).

Sharh: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar...».

Ya’ni, Allohning va’dasi  - qiyomat kelguncha ularning es-hushini joyiga keltiruvchi musibatlar boshlariga tushib turadi. Bu musibatlar ularning qilgan ishlari tufayli tushadi.

«...yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar».

Yoki o‘sha mazkur es-hushni joyiga keltiruvchi musibatlar dunyoning boshqa joylariga tushadi. O‘sha kofir va osiy bandalar yashayotgan diyorlarga yaqin joylarga tushadi. Toki ular o‘sha musibatlarni ko‘rib, va’z-nasihat olib, o‘zlariga kelsinlar va iymon keltirsinlar. 

«Tafsiri Hilol» kitobidan

Maqolalar