Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Yangi o‘quv yilining ochilishi munosabati bilan Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida tadbir bo‘lib o‘tdi.

5.09.2018   3260   1 min.
Yangi o‘quv yilining ochilishi munosabati bilan Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mustaqillikning 27-yilligi hamda 2018-2019 o‘quv yilining ochilishi munosabati bilan Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Aziz va yagonasan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bilim yurti mudirasi Nozima Ibragimova so‘zga chiqib, Davlatimiz mustaqilligining 27-yilligi hamda 2018-2019 o‘quv yilining ochilishi munosabati bilan tabrikladi. Mehmonlardan Ibrohim Imomov – O‘MI raisi o‘rinbosari, Akbar Do‘stmatov – O‘MI ta’lim bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Qurbonov To‘lqin - O‘zbekiston milliy universiteti professori o‘z tilaklarini bildirib tadbirni ochib berishdi. Tadbirni 1- kurs talabalari Qur’on tilovati, go‘zal nashidalar va sahna ko‘rinishlar bilan davom etirdilar.

O‘MI Matbuot xizmati

 

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qilmishlari sababli musibatlar yetar

10.01.2025   1914   1 min.
Qilmishlari sababli musibatlar yetar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va’daga xilof qilmas» (Ra’d surasi, 31 - oyat).

Sharh: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar...».

Ya’ni, Allohning va’dasi  - qiyomat kelguncha ularning es-hushini joyiga keltiruvchi musibatlar boshlariga tushib turadi. Bu musibatlar ularning qilgan ishlari tufayli tushadi.

«...yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar».

Yoki o‘sha mazkur es-hushni joyiga keltiruvchi musibatlar dunyoning boshqa joylariga tushadi. O‘sha kofir va osiy bandalar yashayotgan diyorlarga yaqin joylarga tushadi. Toki ular o‘sha musibatlarni ko‘rib, va’z-nasihat olib, o‘zlariga kelsinlar va iymon keltirsinlar. 

«Tafsiri Hilol» kitobidan

Maqolalar