Mustaqillikning 27-yilligi hamda 2018-2019 o‘quv yilining ochilishi munosabati bilan Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Aziz va yagonasan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bilim yurti mudirasi Nozima Ibragimova so‘zga chiqib, Davlatimiz mustaqilligining 27-yilligi hamda 2018-2019 o‘quv yilining ochilishi munosabati bilan tabrikladi. Mehmonlardan Ibrohim Imomov – O‘MI raisi o‘rinbosari, Akbar Do‘stmatov – O‘MI ta’lim bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Qurbonov To‘lqin - O‘zbekiston milliy universiteti professori o‘z tilaklarini bildirib tadbirni ochib berishdi. Tadbirni 1- kurs talabalari Qur’on tilovati, go‘zal nashidalar va sahna ko‘rinishlar bilan davom etirdilar.
O‘MI Matbuot xizmati