frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ayb kimda?

04.09.2018   16227   1 min.
Ayb kimda?

Bir kishi xotini oldingiday yaxshi eshitmayotganini payqab qoldi. Bundan tashvishga tushdi, balki qulog‘iga maxsus eshitish uskunasi taqishi kerakdir deb ham o‘yladi. Shunday mulohazalar bilan do‘xtir huzuriga yo‘l oldi. Har holda mutaxassis bilan maslahatlashgan yaxshi-da.
Uning arzini tinglagan shifokor bir sinov usulini o‘rgatdi:
– Xotiningizdan qirq qadam narida turasiz, odatdagi suhbat tovushida gapirib ko‘rasiz. Agar eshitmasa, masofani o‘ttiz qadamga qisqartirasiz. Yana bo‘lmasa, yigirma qadam. Xullas, sizni eshitguncha yaqin boraverasiz.
U bu tajribani o‘sha kun oqshomdayoq qo‘llashga kirishdi. Xotini oshxonada kuymalanib yurganini ko‘rgach, qirq odim nariga bordi-da:
– Onajonisi, bugun kechki ovqatga nima pishiryapsiz? – dedi.
Javob yo‘q. Odam masofani o‘ttiz qadamga qisqartirib, savolini qaytardi:
– Onajonisi, bugun kechki ovqatga nima pishiryapsiz?
Yana javob yo‘q. Endi yigirma metr masofada turib so‘radi:
– Onajonisi, bugun kechki ovqatga nima pishiryapsiz?
Nahotki! Yana javob bo‘lmadi-ku!
Er oshxona eshigi yaqiniga keldi-da, so‘rovini tag‘in takrorladi:
– Onajonisi, bugun kechki ovqatga nima pishiryapsiz?
Tavba-tavba! “Nima balo, ayolimning qulog‘i tom bitganmi?!” deb o‘yladi u. Bu safar xotiniga judayam yaqin keldi:
– Onajonisi, bugun kechki ovqatga nima pishiryapsiz?
Va nihoyat shu gal ayoli javob berdi:
– Dadajonisi, beshinchi marta qaytaryapman: osh damlayapman, osh.
Biz ko‘pincha muammoni qarshimizdagi kishilardan axtaramiz. Balki ayb o‘zimizdadir. Buni esa xayolimizga ham keltirmaymiz. Oqil odamning eng ustun jihatlaridan biri boshqalarning emas, o‘zining nuqsonlarini o‘ylashi va ularni to‘g‘rilashidir.


Orif Tolib

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!

01.09.2026   15718   1 min.
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
 
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!

Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheks
iz shukronalar bo‘lsin!

Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga
shon-sharaflar bo‘lsin!

Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yillig
i bilan tabriklayman.

Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz ob
od va farovon bo‘lsin!

Yashasin O‘zb
yekiston Respublikasi!

Yasha
sin O‘zbekiston xalqi!



Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Re
spublikasi Prezidenti

VIDEO