Zangiota ziyoratgohi sufiy shayx Oy Xo‘janing (XIV asr) qabri atrofida tashkil etilgan va Toshkentdan 15 km uzoqlikda joylashgan.
Zangiota (“qora ota”) – shayx terisining rangi tufayli xalq orasida olgan taxallusidir. Bu buyuk so‘fiy hayot davridayoq (XII asr oxiri – XIII asr boshlari) juda mashhur bo‘lib, kelib chiqishi taniqli arab urug‘idan bo‘lgan.
Ansamblning qurilishi 14-asrda sohibqiron Amir Temur buyrug‘i bilan boshlangan. Majmua ham butun O‘zbekistondan keluvchi musulmonlar uchun ziyoratgoh ham hisoblanadi.
Yodgorlik majmuasiga maqbara, minora, masjid, Zangiotaning rafiqasi Anbar Bibi maqbarasi joylashgan qabriston, shuningdek, katta va chiroyli bog‘ga ega bo‘lgan hovli kiradi.
Muqaddas avliyoga turli xil istaklar bilan murojaat qilishadi va har bir kishi Zangiota uni ro‘yobga chiqarishga yordam beradi deb ishonadi.
Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Zangiota qo‘rg‘oni
Kiyinish talablari: O‘zbekistonda ayollar diniy diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishda tananing ochiq qismlarini (yelkalar, orqa va oyoqlar) yopib yurishi maqsadga muvofiq.
manba: http://tashkentnews.uz
Savol: Assalomu alaykum. Men ko‘pincha jamoat transportlaridan foydalanaman. Shunday holatga ko‘p guvoh bo‘lib qolmoqdaman: maktab yoshidagi ayrim bolalar, hatto ba’zi kattalar ham plastik kartasini to‘lov uskunasiga tutadi, lekin pul yechilmaydi. Yo kartasi ishlamaydi yoki puli yo‘q. Shu holatda kira haqini to‘lmay, tushib ketmoqdalar. Shu ish joizmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bu ish joiz emas. Chunki bu haqdorga haqini bermaslik va o‘zgalar haqqini nohaq yeyishdir.
Alloh taolo o‘z Kalomida bizlarni ogohlantirib, bunday degan: “Mol (va boylik)laringizni o‘rtalaringizda botil (yo‘llar) bilan yemangiz!” (Baqara surasi, 188-oyat).
Shuning uchun bolani yoshlikdan birovning haqidan hazar qilishga o‘rgatish lozim. Arzimagan pulku, deyish gunohni kichik sanashdir. Buning ustiga o‘zganing haqqining katta yo kichigi bo‘lmaydi. Haq egasi kechmagunicha, Alloh taolo ham bunday gunohni kechirmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.