Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyun, 2025   |   23 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
19 Iyun, 2025, 23 Zulhijja, 1446
Maqolalar

G'aflatda qolmang! Ertaga arafa kuni

26.06.2023   4627   1 min.
G'aflatda qolmang! Ertaga arafa kuni
  1. Eng yaxshi duo arafakunidagi duo. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duoning eng yaxshisi arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi Payg'ambarlar aytgan so'zning eng yaxshisi — Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lah. Lahul mulku va lahul hamdu va huva 'alaa kulli shayˋin qodiyrdir.

Ma'nosi: Allohdan boshqa iloh yo'q, U yolg'iz, Uning sherigi ham yo'q, butun mulk Uniki, hamd ham Unga xos va U har bir narsaga qodirdir.

 

  1. Arafa kuni odamlar do'zaxdan ozod bo'ladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni Alloh bandalarni do'zaxdan ko'p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo'q!”(Imom Muslim rivoyati).

Allohim! Bizlarni, ota-onalarimizni, farzandlarimizni, ayollarimizni, do'stlarimizni va barcha mo'min-musulmonlarni jahannam olovidan asra!

 

  1. Arafa kunining bomdod namozidan boshlab takbir aytiladi. “Allohu akbar! Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd”.

 

  1. Arafa kuni tutilgan ro'za ikki yillik gunohlarga kafforat bo'ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro'zasi undan oldingi va undan keyingi yillardagi gunohlarga kafforat bo'ladi deb Allohdan umid qilaman”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

G'aflatda qolmang! Arafa kuni ro'zasini tutishni o'tkazib yubormang! Buni boshqalarga ham eslating. Ehtimol siz sababli boshqalar ham ro'za tutar.

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Uzrli ayol pishirgan ovqat

16.06.2025   3708   1 min.
Uzrli ayol pishirgan ovqat

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ayol kishi uzrli paytida pishirgan ovqatni yeb bo‘lmaydi, shuning uchun bunday ayol ovqat tayyorlamasligi kerak, degan gap eshitdim. Shu gap to‘g‘rimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, dinimizda bunday ta’qiq mavjud emas. Hayz ko‘rgan ayol bemalol ovqat tayyorlashi, pishirishi mumkin. Ulamolar hayz ko‘rgan ayolga oid hukmlarni bayon qilarkanlar, ayol kishi xamir qorib, yopgan nonini, pishirgan ovqatini yeyish mumkin ekanini ta’kidlaganlar. Shuningdek, ayol kishi uzrli paytlarida, erkak yotoqni alohida qilib olishdan ham qaytarilgan. Ya’ni shariatimizda ayol kishining uzrli bo‘lib qolgani uchun undan jirkanilmaydi, tashlab qo‘yilmaydi. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.